Линклар

Шошилинч хабар
22 октябр 2018, Тошкент вақти: 17:10

Paxta-2018: Ishchilar paxtada, imom, otinoyi va dasturxonchilar terim otryadlari tuzmoqda


Озодлик архивидан.

Buxoro va Qashqadaryodagi zavod-fabrikalar, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi korxona, tashkilot va muassasalar ishchilari 17 sentabrdan boshlab paxta terimiga chiqarildi.

Farg‘ona vodiysidagi imomlar va dasturxonchilar esa, aholini paxtaga olib kelishga safarbar qilindi.

Buxorolik ishchilarning Ozodlika aytishicha¸ ulardan “o‘z ixtiyorim bilan paxtaga chiqdim”, degan tilxat yozdirib olingan.

O‘zini “Paxta-2018” respublika shtabi mas’uli", deb tanishtirgan mulozimning aytishicha¸ 11 sentabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov o‘tkazgan selektor yig‘ilishida o‘qituvchi va shifokorlardan tashqari barcha ishchi-hizmatchilarni paxtaga safarbar qilish buyurilgan.

- Bu borada selektor yakunlariga oid 05-01-296 raqamli bayonnoma bor. Bu bayonnomada ishchilarning ommaviy ravishda paxtaga yuborilishi ko‘rsatilgan, dedi mulozim.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ O‘zbekistoning barcha viloyat hokimliklarida “Paxta-2018” yig‘im-terim mavsumiga xodimlarni jalb qilish to‘g‘risida farmoyishlar qabul qilingan.

Ozodlikda Surxondaryo xokimining “terim otryadlari tuzish” haqidagi F-244 farmoyishi va bu farmoyish asosida Surxondaryo elektr tarmoqlari idorasiga yuborilgan ko‘rsatma nusxasi mavjud.

Bu ko‘rsatmaga ko‘ra¸ elektr tarmoqlari idorasining “shahar va tuman bo‘limlari va xizmatgohlarida ishlaydigan xodimlarining paxta-yig‘im terimiga jalb qilinishi” ta’minlanishi kerak.

Ko‘rsatmada paxtaga chiqqan xodimlarning terim normasini bajarishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi ham ta’kidlanadi.

Ozodlik suhbatlashgan “Buxorodonmahsulotlari” shirkatida ishlaydigan tegirmonchiga ko‘ra¸ ayni tashkilot ishchilari yoppasiga paxtaga chiqarilgan.

- "Paxtaga o‘z ixtiyorim bilan chiqdim", deb tilxat yozdirib olishdi¸ degan suhbatdosh ayni tilxat nusxasini Ozodlikka taqdim qildi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ Qo‘qon yog‘-moy kombinati ishchilarining yarmisi 7 sentabr kuni bir oy muddatga Jizzax viloyatiga paxtaga yuborilgan. Ayni zavod ishchisiga ko‘ra¸ ishchilarning qolgan yarmi 7 oktabrdan boshlab bir oyga Jizzaxga paxta terishga boradi.

Dang‘ara tumanidagi Ozodlik mobil muxbiriga ko‘ra¸ ayni tuman suv xo‘jalik idorasi va bank xizmatchilari ham majburan paxtaga yuborilgan.

Mullalar terim otryadlari tashkil qilmoqda

Andijon viloyat, Shahrixon shahridagi mobil muxbirimizga ko‘ra¸ mahalliy imomlar¸ otinoyi va dasturxonchilarga terim otryadlari tuzish buyurilgan:

- Imomlar mahalla hududidagi erkaklar¸ oldin qora ro‘yxatda bo‘lganlarni yig‘ib terim otryadlari tuzib berishdi. Otinoyi va dasturxonchilar esa mahalla xotin-qizlaridan iborat terim otryadi tuzishdi.

Unga ko‘ra¸ mahallalardagi kam ta’minlangan oilalar paxtaga chiqishga majburlanmoqda:

- Aks xolda ularga beriladigan yordam puli kesib tashlanishi haqida taxdid qilindi.

Mahalliy matbuot bu yilgi paxta terimiga 2 milliondan ortiq terimchi jalb qilinishi va shu maqsadda mamlakat bo‘yicha jami 26 mingdan ortiq "ko‘ngilli otryad" tashkil etilishini bildirdi. Bu "ko‘ngilli" otryadlarning kimlardan tashkil topishi haqida hozircha rasmiy xabar berilmadi.

XS
SM
MD
LG