Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:26

Paxta - 2018 qurbonlari: Buxoroda portlagan avtobusdagilar makka emas¸ paxtaga ketayotgan bo‘lgan


Paxta terimiga chiqqan yordamchilar
Paxta terimiga chiqqan yordamchilar

Buxoro viloyati Kogon tumani hududida yuz bergan avtobus portlashi qurbonlari makkajo‘xori emas, paxta terimiga ketayotgan bo‘lgan. Ozodlikka murojaat qilgan halokat qurbonining farzandi va halokatdan omon qolgan ayol shunday ma’lumot berdi va voqea tafsilotlarini ochiqladi.

Buxoro-Qorovulbozor yo‘lining Kogon tumani hududidan o‘tuvchi qismida 18 sentabr kuni ertalab soat 7:45da yo‘nalishdagi Isuzu avtobusda gaz balloni portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan va yana 21 odam turli darajada jarohat olgan edi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi voqeadan bir necha soat o‘tib¸ gaz baloni portlagan avtobus yo‘lovchilarining Vobkent tumanidan Qorovulbozor tumaniga makkajo‘xori terimiga ketayotgan mardikorlar ekanini bildirgan edi.

O‘sha kunning o‘zidayoq Ozodlik hodisa qurbonlarining yaqinlari va halokatdan omon qolganlarni izlashga tushdi.

Halokatdan bir hafta o‘tib¸ 25 sentabr kuni Ozodlikkka murojaat qilgan portlash qurbonlaridan birining farzandi Bekzod Shaymurodov va jarohatlanganlardan biri Gulzoda Roziqova avtobusdagilarning¸ rasmiy xabardagi kabi makkajo‘xori emas¸ balki paxta terimiga ketayotganini bildirdi.

45 yashar Gulzoda Roziqova Ozodlik bilan suhbatda o‘zining paxta terimiga ketayotgan “kunlik terimchilar brigadiri" bo‘lganini aytdi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:37 0:00
Бевосита линк

- O‘sha kuni biz paxtaga ketayotgan edik. "Rahmon Ahmad" fermer xo‘jaligiga. Qorovul bozoriga. Men brigadir edim. 15 sentabrda terimga boramiz degan edik, hokim "hali paxta xom" deb aytibdilar. Ular terimni "18 sentabrdan boshlanglar" degan ekan. Biz u yerlarni o‘tashgayam borganmiz. Chopiqlariniyam qilganmiz. Kunlik ishchi edik, - deydi Gulzoda Roziqova.

Gulshoda va Gulzoda Roziqovalar
Gulshoda va Gulzoda Roziqovalar

Gulzoda Roziqovaning aytishicha, terimchilarning barchasi ayollar bo‘lgan va ularga Qorovulbozor tumanidagi “Rahmon Ahmad” fermer xo‘jaligi raisi paxtaning har bir kilosi uchun 750 so‘mdan to‘lashni va’da qilgan.

Uning ma’lum qilishicha, qurbonlarning to‘rt nafari Kogon tumanining "Xayrobodcha" qishlog‘ida va bir nafari – uning opasi 48 yashar Gulshoda Roziqova “Kumushkent” qishlog‘ida istiqomat qilgan.

Gulshoda Roziqovaning 27 yashar o‘g‘li Bekzod ham Ozodlik bilan suhbatda onasining paxta terimiga borayotib nobud bo‘lganini aytadi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:37 0:00
Бевосита линк

- Hammasining qo‘llarida paxta etaklari va qoplari bo‘lgan. Endi men tushunmadim: nega bunaqa (makkajo‘xori terimiga - tahr.) deyishdi? Nega bunaqa yozishayapti, noto‘g‘ri ma’lumot berishayapti? - deya savol berdi Ozodlik bilan suhbatda Bekzod.

Gulzoda Roziqova va Bekzod Shaymurodov qurbonlar oilalariga mahalliy hukumat tomonidan 10 million so‘mdan mablag‘ ajratilgani, jarohat olganlarga esa, jarohat darajasiga qarab¸ 2 million so‘mdan 5 million so‘mga qadar yordam puli berilganini aytdi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 18 sentabr kuni e’lon qilgan rasmiy xabarda¸ avtohalokat sabablarini o‘rganish uchun hukumat komissiyasi tuzilgani¸ shuningdek mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 259-moddasi, 2-qismi “a”, “b” bandlari, Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish bo‘yicha jinoyat ishi ochgani bildirilgan edi.

O‘zbekistonda har yili paxta terimi mavsumida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik yoki texnik noqisliklar tufayli avariyalar sodir bo‘ladi.

Kogonda avtobusning portlashi Ozodlik 2018 yilgi paxta mavsumida aniqlangan ilk fojiadir.

XS
SM
MD
LG