Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:15

Karimov siyosatining keskin tanqidchisi Tolib Yoqubov 12 yillik qochqinlikdan so‘ng O‘zbekistonga yo‘l oldi (VIDEO)


2014 yilda fuqarolikdan chiqarib yuborilgan Islom Karimov siyosatining keskin tanqidchilaridan biri - O‘zbekiston inson huquqlari jamiyati rahbari Tolib Yoqubov 25 sentabr kuni 12 yillik muhojiratdan so‘ng O‘zbekistonga yo‘l oldi.

Ta’qib-tazyiqlar ostida O‘zbekistonni tark etishga majbur bo‘lgan huquq faoli, Toshkent qarori bilan o‘zining fuqarolikdan chiqarib yuborilganidan bexabar qolganini aytadi.

Islom Karimov vafotidan so‘ng O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga viza so‘rab qayta-qayta murojaat qilgan Tolib Yoqubovning Ozodlikka aytishicha¸ Tashqi ishlar vazirligi o‘zining Fransiya sayohat hujjatiga bir yillik o‘zbek vizasi qo‘yib bergan.

- Hech qo‘rqmasdan O‘zbekistonga boravering, Toshkentda hech qanday muammo bo‘lmaydi, dedi konsul. Meni elchixonada juda yaxshi qabul qilishdi va 10 daqiqa ichida 1 yillik viza berishdi, o‘zim ham juda hayron qoldim. Hozir qo‘rqayotganim yo‘q. Ikki yil kam 80 ga kirdim. Xastaman, mendan O‘zbekistonga nima yomonlik kelishi mumkin (kuladi)? O‘zbekistonni juda sog‘inganman. Borishimga yaqinlarim, chet el tashkilotlari, elchixonalardan odamlar chiqishini aytishdi. Borsak ko‘ramiz endi, - dedi Ozodlik bilan Parij aeroportiga ketayotib gaplashgan Tolib Yoqubov.

Толиб Ëқубов Ўзбекистонга йўл олди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:02 0:00

​O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning kelasi oy davlat tashrifi bilan Fransiyaga borishi kutilmoqda.

Bu Shavkat Mirziyoevning Yevropa Ittifoqi davlatiga prezident sifatidagi ilk safari bo‘ladi.

Mamlakatda birinchilardan bo‘lib ish boshlagan O‘zbekiston inson huquqlari jamiyati raisi Tolib Yoqubov, 2005 yil Andijon voqealaridan so‘ng hukumat tazyiqlaridan qochib, yurtini tashlab chiqqandi.

U Fransiya borgach, O‘zbekiston inson huquqlari jamiyatini xorijda ro‘yxatdan o‘tkazdi va ma’lum muddat faoliyatini chetdan turib, davom ettirishga urindi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:07 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG