Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:22

Tojikistonda usta va tabiblarning xatna qilishi taqiqlandi


Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mahaliy tabib va ustalarga o‘g‘il bolalarni xatna qilishni taqiqladi.

Vazirlik o‘z amalini yuqimli kasalliklarning tarqalishini oldini olish deya izohladi.

Sentabrda ayni shunday vajlar bilan Tojikistonning turli mintaqalarida yuzlab stomatologiya, go‘zallik salonlari va sartaroshxonalar berkitilgan edi.

Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot markazining xabar berishicha, 2019 yil 1 yanvaridan boshlab mahaliy tabib va ustalarga uy sharoitida bolalarni xatna qilish taqiqlanadi.

Matbuot markaziga ko‘ra, bu tadbir gepatit va VICh kabi yuqimli kasalliklarning tarqalishini bartaraf etishga qaratilgan.

Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga shahar va tumanlardagi shifoxonalarda o‘g‘il farzandlarini xatna qilishni tavsiya berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga binoan, bugungi kunda mamlakat shifoxonalarida xatna uchun 425 kabinet ajratigan va shu yil ichida shifokorlar 33 mingdan ortiq o‘g‘il bolalarni bepul xatna qilgan.

Yuqimli xastaliklarning tarqalishini oldini olish maqsadida oxirgi bir oy ichida Tojikistonda yuzlab stomatologiya, sartaroshxona, go‘zallik salonlari bekitildi.

Dushanbelik Ruxshona Aminova Ozodlik bilan suhbatda u va uning turmush o‘rtog‘i stomatologiya klinikasida gepatit virusini yuqtirib olgani va eri ayni xastalikdan dunyodan o‘tganini aytdi.

“Tishim og‘rib stomatolgiya klinikasiga bordim. Asbob-uskanalari iflos edi. Shifolar qo‘lqop kiymagandi. Tishimni olib tashladi. Ana o‘shandan keyin gepatit kasalligiga chalindim. Ammo shikoyatlarimga hech kim e’tibor bermadi, tish do‘xtiri ham jazolanmadi,” - dedi Ruxshona Aminova.

Sog‘likni saqlash xizmati xodimi Dilrabo Shermatova xuddi shunday shikoyatlar ortidan stomatologiya, go‘zalik salonlari va sartaroshxonalarda tekshiruvlar boshlanganini aytdi.

“Stomatologiya, go‘zallik salonlari va sartaroshxonalar faoliyatini tekshirildi. Faqat Dushanbe shahrida to‘qqizta go‘zallik saloni va sartaroshxona hamda to‘rtta stomatologiya klinikasining sanitariya me’yorlariga rioya qilmagani uchun berkitildi. Bunday tekshiruvlar mamlakatdagi barcha mintaqalarda o‘tkazilmoqda,"- deb aydi Dilrabo Shermatova.

Shermatova so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Tojikistonda 579 stomatologiya, 835 sartaroshxona va 377 go‘zallik salonlari faoliyat ko‘rsatadi.

Ammo stomatolog va go‘zallik salonlari xodimlari ismlarini oshkor etmaslik sharti bilan Ozodlikka mijoz qaerda bunday kasallikka chaliganini aniqlash juda qiyin ekani va tekshiruv organlari tekshiruvlardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishi mumkinligini aytdilar.

Masalan, bir dushanbelik stomatologning bildirishicha, stomotalogiyada tibiy asboblar sterilizatsiya qilinadi, bir martalik materiallardan foydalaniladi. Shu bois, mijozga yuqimli kasallikni yuqtirish xavfi yo‘q.

Unga ko‘ra, 10 yillik faoliyati davomida tish shifoxonasida yuqumli kasalliklarni yuqtirish hollariga duch kelmagan va ko‘p holatlarda odamlar qon quyish jarayonida gepatit va VIChga chalinadi.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 1 sentabr kuni Tojikiston tibbiyot universitetida so‘zga chiqib, stomatolog, sartarosh, go‘zallik salonlari xodimlari tomonidan yuqumli kasalliklarga yuqtirish hollarini oldini olish uchun Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qildi.

“Stomatologlar, go‘zallik salonlari xodimlari va sartaroshlarni mijozlarga yuqumli kasalliklar yuqtirganliklari uchun jazolash lozim. Menga bunday muassisalarda jiddiy kasallikka yo‘liqqan va hatto o‘lgan shaxslar yaqinlaridan shikoyatlar kelgan. Qalbaki va sifatsiz dori sotadigan dorixonalar egalari ham javobgarlikka tortilishi lozim,” – deb aytgandi Imomali Rahmon.

Prezidentning chiqishidan so‘ng mamlakatda ommaviy ravishda stomatologiya, go‘zallik salonlari va sartaroshxonalarda tekshiruvlar boshlandi.​

XS
SM
MD
LG