Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2021, Тошкент вақти: 08:39

Bosh prokuratura Gulnora Karimovaning Britaniyadagi mulkining O‘zbekistonga qaytarilishini so‘ramoqda


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xazmati vakili Surayyo Rahmonova Buyuk Britaniyaning O‘ta yirik miqdordagi firibgarliklarga qarshi kurash ofisining (Serious Fraud Office) 3 oktabr kungi bayonoti yuzasidan jurnalistlar so‘roviga javoban bunday degan:

"Bu masalaga keladigan bo‘lsak, biz qator xorijiy davlatlardagi hamkasblarimiz bilan hamkorlik qilmoqdamiz, jumladan, Shveytsariya prokuraturasi bilan qalin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan".

Bosh prokuratura matbuot xizmati vakili Surayyo Rahmonova Ozodlikka ham yo‘llagan javobida masalaning Britaniya bilan bog‘liq jihatiga to‘xtalib, bunday degan:

"Ayni damda Britaniya huquqni muhofaza qilish tuzilmalari bilan Gulnora Karimova ishi bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud qarori doirasida aktivlarni qaytarishga doir muzokaralar olib borilmoqda".

Buyuk Britaniyaning O‘ta yirik miqdordagi firibgarliklarga qarshi kurash ofisi (Serious Fraud Office) O‘zbekiston Birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova va uning sobiq eri Rustam Madumarovlarning mamlakat hududidagi mol-mulkini musodara qilish bo‘yicha Britaniya Yuqori sudiga da’vo arizasi kiritdi.

Serious Fraud Officening rasmiy saytida 3 oktabr kuni e’lon qilingan bayonotda musodara qilish to‘g‘risidagi da’vo arizasi Yuqori sudga Jinoiy faoliyatdan olinadigan daromadlar to‘g‘risidagi 2002 yilgi qonunning 5- qismiga muvofiq kiritilgani aytilgan.

Bayonotga ko‘ra, SFOning da’vo arizasi Gulnora Karimova va Rustam Madumarovlarning ishtiroki bilan O‘zbekistonda amalga oshirilgan korruptsion bitimlardan tushgan daromadlardan foydalanilgan holda Buyuk Britaniya hududida olingan qator mulklar, shu jumladan uch ko‘chmas mulk bilan bog‘liqdir.

1 oktabr kuni qizi Imon Karimova onasining "uyda" ekanini e’lon qilganidan bir kun o‘tib¸ Ozodlikka bir-biridan mustaqil manbalardan kelgan va jarayonga bevosita aloqador mahalliy xizmatchilar tomonidan tasdiqlangan hujjat-dalillarga ko‘ra¸ 2 oktabr kuni Gulnora Karimova degan VIP mehmon Dubayga kelgan.

Dubaydagi mehmonxonaning VIP mehmonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi rahbari (ismi-sharifi oshkor qilinmayotir) 2 oktabr kuni o‘z mehmonxonasining besh xonasini ikki haftaga olgan mehmonning Gulnora Karimova ekani¸ Ozodlikka yuborilgan mehmonga oid ichki ma’lumotnomaning haqiqiy ekanini tasdiqladi.

Ammo bu mulozim¸ ayni nomdagi mehmonning O‘zbekiston marhum prezidentining to‘ng‘ichi Gulnora Karimova ekanini rad qildi.

2017 yil 28 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi Bosh prokuratura rasmiy saytida "G.Karimovaga nisbatan jinoyat ishlari yuzasidan xabar" e’lon qilgan edi.

2-3 oktabr kunlari Bosh prokuratura rasmiy saytidan topilmagan bu hujjatda¸ Gulnora Karimovaga Toshkent viloyati sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangani aytilgan.

3 oktabr kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi "Gulnora Karimovaning qonunda nazarda tutilgan tarzda O‘zbekistonda jazo o‘tamokda"¸ degan bayonotni yana bir bor takrorladi.

4 sentabr kuni Stokholm sudida boshlangan mahkama jarayonida shved prokurori Gunnar Stetler¸ Gayane Avakyan¸ Rustam Madumarov kabi Gulnora Karimovaga yaqin shaxslar nomiga ochilgan offshor shirkatlari¸ ularga qarashli aksiya va boshqa boyliklarning asl egasi aynan Gulnora Karimova ekanini tasdiqlovchi faktlarni taqdim etgani haqda Ozodlik xabar qilgan edi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG