Линклар

Шошилинч хабар
26 июн 2022, Тошкент вақти: 19:52

Kobul Afg‘onistondagi muammolar yechimiga O‘zbekiston vositachilik qilishicha umid qilmoqda


Abdullo Abdullo. Dushanbe, 2018, 12 oktabr

Afg‘oniston ijroiya hukumatining raisi Abdullo Abdullo Afg‘oniston hukumatining “Tolibon” harakati bilan muzokaralarga O‘zbekiston vositachilik qilishiga umid bildirdi.

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida Dushanbega kelgan Afg‘oniston ijroiya hukumatining raisi Abdullo Abdullo 12 oktabr kuni jurnalistlarga Afg‘oniston tinchlik muzokpralarida xizmat ko‘rsayotgan davlatlar, jumladan O‘zbekistonga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Joriy yilning 6-10-avgust kunlari “Tolibon” harakatining Qatardagi siyosiy idorasi rahbari Sher Muhammad Abbos Stanikzay boshchiligidagi guruh Toshkentda O‘zbekiston rasmiylari bilan so‘zlashuvlar o‘tkazgan edi.

“O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida do‘stlik aloqalari bor. Bu davlat “Tolibon” harakati bilan ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatdi. Bu holat muzokarlarda katta yordam ko‘rsatdi”, dedi Abdullo Abdullo.

“Tolibon” qurolli harakatining vakillari joriy yil avgustida O‘zbekiston TIV vakillari bilan xavfsizlik, Afg‘onistondagi mojarolarni tinch yo‘llar bilan bartaraf etish va mamlakatdan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgandi.

Muzokaralarda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashevlar ishtirok etdi.

Ayni damda, Abdullo Abdullo “Tolibon” harakatining do‘stlik aloqalariga ishonmaslikka chaqirdi:

“Tolibon” harakati saflarida qo‘shni mamlakatlardan, jumladan Tojikiston va O‘zbekistondan ko‘p fuqarolar harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, Afg‘oniston hukumatiga qarshi janglarda ishtirok etadilar. Bu shaxslarning maqsadi - Afg‘onistondan so‘ng o‘z davlatlariga ham qurol bilan qarshi chiqishdir”.

Abdullo Abdulloning ta’kidlashicha, Afg‘oniston muammosini faqat Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati tog‘ridan-tog‘ri muzokaralar orqali hal qilishlari mumkin”, - dedi Abdullo Abdullo.

Unga kora, shuning uchun ham Afg‘oniston hukumati sentabr oyida Moskvada o‘tkazilishi rejalashtirilgan tinchlik muzokaralarida ishtirok etishdan bosh tortib, mamlakat ichkarisida 'Tolibon" bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni ma’qul ko‘rayotganini bildirgan edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev o‘z davlati tinchlik jarayonlarining istalgan bosqichida Afg‘oniston hukumati va Tolibon harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tashkil etishga tayyorligini bildirgan.

Shu yil martida Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi Afg‘oniston bo‘yicha konferentsiyada 20 dan ortiq xorijiy davlat va qator xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok edi.

Mazkur xalqaro anjumanga “Tolibon” harakati ham taklif etilgan, lekin harakatdan hech kim Toshkentga kelmagan edi.

2018 yilning avgustida Doha shahrida joylashgan “Tolibon” harakati siyosiy idorasi rahbari Sher Muhammad Abbjs Stanikzay boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG