Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:43

Prezident qarorgohiga olib boradigan yo‘lni kengaytirish uchun yuzlab oila uyi buzilmoqda


Baytqo‘rg‘onda uyi buzilayotganidan norozi aholi.
Baytqo‘rg‘onda uyi buzilayotganidan norozi aholi.

O‘zbekiston prezidenti uchun yangi qurilgan rezidensiyaga eltadigan yo‘l kengaytirilayotgani bois, Qibray tumanidagi Baytqo‘rg‘on qishlog‘ida 100 dan ziyod uy buzilgan va yana o‘nlab xonadon egalari uyi buzilishi haqida hokimlikdan bildirgi olgan.

12 oktabr kunim baytqo‘rg‘onliklarning​ Ozodlikka murojaat qilgan vakillari uyi buzilib ko‘chada qolgani va hokimlik ularni uy-joy bilan ta’minlamaganidan shikoyat qildi.​

Qibray tuman hokimligi mulozimiga ko‘ra¸ uyi buzilganlarning bir qismi uy bilan ta’minlangan va qolgan qismiga uy yoki tovon puli berish rejalangan.

Ismi aytilishini istamagan 35 yashar baytqo‘rg‘onlik tadbirkor yigit Ozodlikka o‘zining hokimlikka tegishli ekskavator buzaëtgan uyining fotosuratlarini yubordi. Suhbatdoshga ko‘ra, xokimlik buzilgan uy evaziga hech narsa bermagan:

- Mana ahvolim: ko‘chada qoldik na pulimiz bor, na uyimiz bor, na uy qarori bor! Bizga yordam beringlar. Uyni buzish uchun kelgan Qibray hokimi Mirqosimov Mirag‘zam aka va’da berib ketib qoldi. Hokimlikka borsam sizga uy yo‘q¸ tanishlaringiznikida yashab turing, dedi.

Baytqo‘rg‘onda uylar buzilyapdi
Baytqo‘rg‘onda uylar buzilyapdi

O‘zini "Qibray hokim Mirag‘zam Mirqosimovning qurilish ishlari bo‘yicha yordamchisiman", deb tanishtirgan mulozim 12 oktabr kuni Ozodlik muxbiri bilan suhbatda “Prezident trassasi kengaytirilayotgani bois ba’zi imoratlar buzilayotganligini” aytdi. Mulozimga ko‘ra¸ “Davlat ahamiyatidagi bu yo‘lni qurishga barcha resurslar jalb qilingan”.

Ozodlik muxbirining uyi buzilganlar taqdiri bo‘yicha bergan savoliga javoban mulozim bunday dedi:

“Uyi buzilganlar vaqtincha sanatoriya binosiga va yaqinlarining uylariga joylashtirilgan. Ular maksimum yil oxiriga qadar yangi uylarga ko‘chib o‘tishadi yoki tovon puli olishadi”.

Baytqo‘rg‘ondagi "prezident trassasi", deb atala boshlagan yo‘l yana kengaytirilgani bois uysiz qolgan va o‘zini Saodat opa deb tanishtirgan 56 yashar uy bekasi Ozodlik bilan suhbatda tumanda ikki toifa uyi buzilganlar borligini aytdi:

- Avgust oyida prezident rezidensiyasi qurilgan paytda uyi buzilganlar bor. Bularga birinchi navbatda e’tibor berilyapti. Mening uyimni o‘tgan hafta buzishdi. Hokimga borsam, "opa oldin mana bularni tinchitib, uyli qilaylik, keyin sizga gal keladi" deb ovutishdi. Kunlar sovudi¸ men ko‘ch-ko‘ronim bilan qayga boraman endi?!

Baytqo‘rg‘onda uylar buzilyapdi
Baytqo‘rg‘onda uylar buzilyapdi

Qarorgoh bois turargohdan ajralgan Baytqo‘rg‘on

Ozodlik joriy yil avgust oyida O‘zbekiston prezidenti uchun yangi rezidensiya qurilishi bois uyi buzilgan o‘nlab kishilar Toshkent viloyat, Qibray tuman, Baytqo‘rg‘on qishlog‘idagi maktab¸ oromgoh va qarindoshlarining uylariga joylashtirilgani haqida yozgan edi.

O‘zini Qibray hokimi Mirag‘zam Mirqosimovning qurilish ishlari bo‘yicha yordamchisiman deya tanishtirgan mulozimga ko‘ra “rezidensiya qurilishi bois uyi buzilganlarning hammasi uy bilan ta’minlangan”.

Ozodlik suhbatlashgan qibraylik mahalla faoli yangi uyga ko‘chirilganlar noroziligini ifoda qildi:

- Mahallamizdan ikki oilaning uyi rezidensiya hududiga tushib buziluvdi. Ularga Yangibozorga yaqin joydan uy berildi. Mana uy beramiz sizlarga deb Qibrayning avvalgi hokimi Muxammedov Nig‘mat aka bir-ikkita qog‘ozga qo‘l qo‘ydirib oluvdi. Bugun bilsak bu ipoteka shartnomasi ekan. Kreditga berilgan bo‘lib chiqdi bu uy. Hukumat noinsoflik qildi.

Qibray tuman hokimligi mulozimi Ozodlik bilan suhbatda bu masalaga oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra¸ buzilgan uy uchun berilgan tovon puli bilan yangi uy narhi orasidagi tafovut imtiyozli ipoteka krediti sifatida rasmiylashtirilgan va bu ham katta summa emas.

Hokimlik mulozimi “Uyi buzilgan odamlar paytdan foydalanib hukumatdan ko‘proq undirish payida bo‘layotganidan nolidi”:

- Bitta eski uyga o‘nta qarindoshini propiska qilib tashashgan. Turmushga chiqib ketgan qizlari ham ota uyida propiskada qolib ketgan. Endi kelib har bittasiga uy berasan deb so‘rab yotishibdi. Shu bois, buzilgan bir uy evaziga bir uy beramiz degan variantda to‘xtadik.

Uyi buzilgan baytqo‘rg‘onliklar “Bir buzilgan uy uchun bitta yangi uy beriladi”, degan holatdan noroziligini Ozodlik muxbiriga aytishdi:

- Buzilgan uyda o‘ndan ziyod odam¸ uylangan aka-ukalar istiqomat qilgan bo‘lsa ham ularga faqat bitta uch yoki to‘rt xonali uy beramiz deyishdi. Bu adolatdan emas, - dedi baytqo‘rg‘onlik uy bekasi.

Baytqo‘rg‘onda yana o‘nlab oila uy buzilishi haqida bildirgi olgan

Ozodlik suhbatlashgan qibraylik mahalla faoliga ko‘ra, “prezident trasssasi bo‘ylab yana 200 dan ziyod oilaga kelasi ikki oy ichida uy buzilishi haqida bildirgi berilgan”

Suhbatdoshga ko‘ra¸ Arg‘in¸ Qibray¸ Baytqo‘rg‘on etagidagi bo‘lgan uylar buziladi¸ deb hokimlik odamlarni ogohlantirgan.

Baytqo‘rg‘onning martabasi oshdi

Joriy yilning 24 iyuli - prezident Mirziyoevning tug‘ilgan kunida ochilgan qarorgoh Baytqo‘rg‘on qishlog‘ining Kangli ko‘chasidagi "Oq qovoq" temir yo‘l bekatiga yaqin yerda joylashgan.

Hozirda to‘liq baland devor bilan o‘rab olingan qarorgoh, taqriban bir necha gektarni egallagan.

Qibray tuman hokimligi rasmiysiga ko‘ra¸ qarorgoh buyurtmachisi O‘zbekiston Prezidenti ma’muriyatidir.

O‘zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimovning vafotidan keyin u ishlagan Oqsaroy¸ Ko‘ksaroy va Do‘rmon qarorgohi bo‘sh qolgan.

Shavkat Mirziyoev prezident bo‘lib saylanganidan keyin Oqsaroyga ko‘chib bormasdan¸ oldingi Alisher Navoiy kutubxonasi o‘rnida qurilgan Senat binosida faoliyat yurita boshlagan va o‘zining Qorasuv- 2 massivi, Shams ko‘chasidagi xovlisida yashab kelgan.​ Hukumat qaroriga ko‘ra, Oqsaroy muzeyga aylantirilgan.

XS
SM
MD
LG