Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:58

Turkmaniston Sog‘liqni saqlash vazirligi choyni dori sifatida ichishni tavsiya qildi (VIDEO)


Turkmaniston sog‘liqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligi mamlakat fuqarolariga murojaat qilib, prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning «Turkmaniston dorivor o‘simliklari» kitobida qayd etilganidek, choy iste’mol qilishni tavsiya qildi.

Vazirlikning Axborot markazi davlatga tegishli «Neytralniy Turkmenistan» gazetasining sentabr oyidagi sonlaridan birida kuz davrida yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha “11ta foydali maslahatlar” ruknida maqola e’lon qildi.

O‘quvchilarga “Foydali maslahatlar”ning o‘ninchisi sifatida choy ichish tavsiya qilingan.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning “Turkmaniston dorivor o‘simliklari” kitobida xuddi na’matak, yalpiz, moychechak, qizilmiya va boshqalar singari choyning dorivorligi qayd etilgan.

Gurbanguli Berdimuhamedov prezident vazifasini bajarish bilan bir qatorda, so‘nggi 10 yilda o‘zining muallifligida 40 dan ortiq kitob, jumladan mamlakat dorivor o‘simliklariga bag‘ishlangan 10 tomlik kitobni nashrdan chiqardi.

Davlatga qarashli media va OAV muntazam ravishda prezident asarlarini ko‘klarga ko‘taradi va har kuni bu kitoblarning boblarni o‘qib eshittiradi.

Вместо кино и сериалов: по туркменскому ТВ теперь читают вслух книги президента
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:22 0:00

Turkman televideniesi yaqinda prezidentning ish kuni borasidagi lavhani namoyish qildi, lavhada tomoshabinlarga prezidentning choynakdan piyolaga choy quyib ichayotgani ko‘rsatiladi. Berdimuxammedov muallifligida nashr qilingan 50 dan ortiq kitoblar orasida “Choy dori va ilhomdir”, deb nomlangan kitob ham bor.

Ayni damda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi prezident tavsiyasiga ko‘ra, aholiga choy iste’mol qilish tavsiyasi berilgan maxsus eslatmalarni e’lon qilmoqda. Vazirlik prezident tavsiyasiga ko‘ra sog‘lom turmush tarzi sifatida choy ichishni tavsiya qilayotgan bir vaqtda mamlakatda dorivor giyohlar yetishmasligi va dorilarning qimmatligi haqidagi xabarlar paydo bo‘lmoqda.

XS
SM
MD
LG