Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:31

Prezident meva-sabzavot eksportchilari uchun mamlakat darvozalarini lang ochdi?


Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Bu qarorning qanchalik muhimligini unda belgilab qo‘yilgan mana bu me’yordan ham tushunsa bo‘ladi: eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmaydi​.

Adliya vazirligiga ko‘ra, Qarorga binoan:

yuridik shaxslar – meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz amalga oshirish huquqiga ega;

meva-sabzavot mahsulotlari eksportidan tushumlarni o‘z vaqtida ta’minlamagan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda 100 foizlik oldindan to‘lov olish talablari ularga qo‘llangan holda nohalol meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilar reestriga kiritiladi;

tadbirkorlik sub’ektlari ulgurji savdo qilish litsenziyasiga ega bo‘lmasdan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirish huquqiga ega. Bunda eksport tushumlariga yagona soliq to‘lovi to‘lanishini nazarda tutuvchi soliqqa tortish tartibi qo‘llaniladi;

eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmaydi;

tadbirkorlik sub’ektlari o‘zlariga ajratilgan yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetishtirish joylarida sug‘orish, tayyorlash va saqlash bo‘yicha infratuzilma ob’ektlari qurish uchun yengil konstruksiyalarni qurish yuzasidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishlari mumkin.

Qarorga muvofiq O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etiladi.

Bundan tashqari, “Global GAP”, “Halal” va “Organic” standartlari talablariga muvofiqlikka sertifikatlashtirish bo‘yicha xalqaro tan olingan tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatiladi.

2019 yil 1 martga qadar:

internet tarmog‘ida “TradeUzbekistan.com” elektron savdo maydonchasi hamda eksport jarayonining barcha bosqichlarini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar axborot portali yaratiladi;

mamlakatda “Global GAP”, “Halal” va “Organic” standartlari talablariga muvofiq meva-sabzavot yetishtiruvchi mahalliy korxonalarni sertifikatlash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tashkil etiladi.

Qaror bilan hududlarda mahalliy hokimiyat va davlat organlari meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga to‘sqinlik qilinganligi uchun shaxsan mas’ul etib belgilandi.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2018 yilning yanvar-sentabr oylarida jami 873,5 ming tonnadan ziyod, 649,4 mln. dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan.

XS
SM
MD
LG