Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:00

O‘zbekistonda “Shardonne” vinosi ishlab chiqarish uchun Fransiyadan ko‘chat keltirildi


Sovet O‘zbekistonida ishlab chiqarilgan "Chashma" vinosi
Sovet O‘zbekistonida ishlab chiqarilgan "Chashma" vinosi

O‘zbekistonda yuqori sifatli frantsuz vinosi ishlab chiqarish uchun Fransiyadan tokning "Kaberne", "Savinyon" va "Shardonne" navlari ko‘chatlari olib kelingan.

Fransiyadan vinobop¸ shakari kam uzum ko‘chatlari olib kelish bilan shug‘ullanayotgan loyiha mutaxassisiga ko‘ra¸ ”kimyoviy ishlov berilgan uzum novdasi O‘zbekistonga olib kelinib “in vitro” (probirka ichida) usulida” ko‘paytirilmoqda.

Mutaxassislarning aytishicha, O‘zbekistondagi 73 ming gektar uzumzorning faqat 10 ming gektarida vinobop uzum yetishtirilmoqda:​

Namangandagi “Yangiqo‘rg‘on sharob” vino zavodi direktori Mashrab Maqsumovning Ozodlikka aytishicha¸ O‘zbekston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Fransiyaga tashrifi ortidan mamlakat vino ishlab chiqarish sohasini modernizatsiyalash yo‘lida katta qadamlar qo‘yilgan:

- Vinochilik sohasi deyarli to‘xtab qolgan edi. Chunki tokzorlar chopib tashlangan edi. Endi Fransiyadan kelgan va asosan suxoy vinoga mo‘ljallangan toklar hosilga kirsa, nafaqat Yangiqo‘rg‘on vino zavodi balki boshqa zavodlar ham to‘la quvvat bilan ishlab boshlaydi.

O‘zbekistonga keltirilgan uzum toklari
O‘zbekistonga keltirilgan uzum toklari

Fanlar akademiyasi vino bilan shug‘ullanmoqda

O‘zbekistonda yuqori sifatli frantsuz vinosi ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha mutaxassisining Ozodlikka aytishicha, ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi¸ “O‘zbeksharobxolding”, “O‘zsharobsanoat” va O‘zbekiston Fanlar akademiyasining laboratoriyalarida yuqori sifatli frantsuz vinosi ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish bo‘yicha faol jarayon ketmoqda.

Organik vinolar ishlab chiqaruvchi Chexiyadagi shirkat vakili Nataliya Oliganovaning Ozodlikka aytishicha¸ “O‘zbekistonning quyoshli iqlimi yuqori sifatli vino qilinadigan uzum yetishtirishga imkon beradi. Bu soha O‘zbekiston iqtisodiga juda katta foyda keltiradi. Bugunning o‘zida O‘zbekistonning vino mahsulotini (vino xom ashyosi) Ispaniya va Fransiya sotib olmoqda. Shu faktning o‘zi o‘zbek vinochilik sohasi rentabelli ekanligidan dalolatdir".

Ozodlik suhbatlashgan «O‘zsharobsanoat» yetakchi mutaxassisining Ozodlikka aytishicha, vinochilikni rivojlantirish uchun davlat byudjetidan joriy yilda «O‘zsharobsanoat» va Innovatsion rivojlanish vazirligiga 30 milliard so‘m ajratilgan:

- Bu summa yuqori sifatli vino ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish uchun ajratildi.

Mutaxassisning aytishicha, "Bundan tashqari mamlakatdagi 62 ta vino zavodlarini modernizatsilashga alohida mablag‘ ajratildi. Baxmal tumanida vino ishlab chiqaruvchi agroklaster yaratish loyihasi 75 milliard so‘m deb belgilandi. Buning 27 milliardini investorlar kiritdi¸ 48 milliardi esa, kredit hisobidan bo‘ladi".

«O‘zsharobsanoat» yetakchi mutaxassisiga ko‘ra¸ Baxmaldagi agroklaster 5000 tonna uzumni qayta ishlaydigan zavod va vino markazidan iborat bo‘ladi:

- Vino markazi O‘zbekistonda vino turizmini rivojlantirish yo‘lidagi ilk qadamdir. Bu maskanga kelgan odam vinolardan tatib ko‘rishi va O‘zbekistonda vino ishlab chiqarish tarixi bilan tanishadi. Maskanda shoirlarning sharobni ulug‘lovchi g‘azal va ruboiylari yangrab turadigan audio qurilmalar bo‘ladi.

Sharob sohasi prezident nazoratida

Joriy yil avgustida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev vino ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha selektor yig‘ilishi o‘tkazib “Bu soha 25 yil davomida qarovsiz qolgani va uni rivojlantirish bugungi kunning ustivor” yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidlagan edi.

O‘zbekiston prezidenti o‘sha selektor yig‘ilishida tokzorlarning kamayib ketganidan xavotir bildirgan edi.

Namangandagi “Yangiqo‘rg‘on sharob” vino zavodi direktori Mashrab Maqsumovning aytishicha¸ O‘zbekistondagi jami 73 ming gektar uzumzorning faqat 10 ming gektarida vinobop uzum yetishtirilmoqda:

- Bu juda kam. Vino zavodlarining to‘la quvvatda ishlashi uchun¸ ayniqsa suxoy vino (shakari kam) ishlab chiqarish uchun tokzorlar ko‘payishi kerak. Fransiyadan 60 ming ko‘chat olib kelinganini olqishlaymiz. Lekin bu kam.

Намангандаги вино заводи директори Машраб Махсумов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:07 0:00

Havotirlar

Ayni paytda "O‘zdavkarantin" tashkilotining Ozodlik suhbatlashgan mutaxassisi Fransiyadan olib kelingan toklarda mavjud bo‘lgan filloksera zararkunandasi O‘zbekistondagi tokzorlarni qirib yubormasligi uchun bu toklar maxsus ishlovdan o‘tkazilayotganligini aytdi:

- Bu ishlov qilinishi zarur bo‘lgan birlamchi ishdir. Yaqinda Fransiyaga borib keldik. Fransiyada tokning ashaddiy zararkunandasi filloksera borligini ko‘rdik. Bu hasharot uzum tokiga qo‘shilib kelmasligi uchun tok qalamchalarini “in vitro” (probirka ichida) ko‘paytirishga qaror qildik..

XS
SM
MD
LG