Линклар

Шошилинч хабар
28 июн 2022, Тошкент вақти: 19:40

Tramp maslahatchisi Rossiya mudofaa vaziri bilan uchrashdi


AQShning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton (chapda) 23 oktabr kuni Moskvada Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashdi.

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan kutilayotgan uchrashuvi oldidan ushbu mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan muzokara o‘tkazdi.

Uning Moskvaga safari prezident Donald Trampning AQSh bilan Rossiya o‘rtasidagi yadro qurollari bo‘yicha muhim bitimdan chiqish haqida ogohlantirgandan so‘ng yuzaga kelgan tang vaziyatda o‘tmoqda.

Bolton ikki kunlik safarini 23 oktabr kuni Putin bilan uchrashgandan so‘ng yakunlaydi.

Kecha u rossiyalik hamkasbi Nikolay Patrushev bilan muzokara o‘tkazdi, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan tushlik qildi.

Boltonning aytishicha, ushbu suhbatlar chog‘ida u AQShning 1987 yil imzolangan “O‘rtacha uzoqlikdagi yadro kuchlari” (O‘UYaK) shartnomasidan chiqish rejasi borligini muhokama qilgan.

Bolton muzokaralardan so‘ng Rossiyaning “Kommersant” gazetasiga bergan intervyusida Qo‘shma Shtatlar mazkur bitimdan Rossiya uni buzayotgani uchun chiqmoqchi ekanini aytdi.

Bundan tashqari, maslahatchiga ko‘ra, Vashington shartnomaga rioya qilib turgan paytda Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya singari mamlakatlar unda taqiqlangan qurollarni bemalol ishlab chiqarmoqda.

Xitoy hech qachon O‘UYaK shartnomasiga qo‘shilmagan.

Uni Sovet Ittifoqi parchalanib ketishidan 4 yil yil oldin AQSh prezidenti Ronald Reygan va SSSR rahbari Mixail Gorbachyov imzolagan edi.

Tramp endi Xitoy ham ushbu shartnomiaga qo‘shilishi kerak, deb hisoblaydi.

AQSh prezidentining mazkur bayonoti Yevropa Ittifoqi rahbariyatini xavotirga solib qo‘ygan ko‘rinadi.

Biz AQSh bilan Rossiya shartnomani saqlab qolish, uning to‘liq va ishonchli bajarilishini ta’minlash uchun konstruktiv muloqotni davom ettirishi kerak, deb hisoblaymiz, chunki bu Yevropa va global xavfsizlik uchun muhim ahamiyatga ega, − dedi Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha komissari Federika Mogerenining matbuot kotibi Maya Kotsiyanchich.

“Strategik barqarorlik”

Rossiyalik siyosatchilar AQShning ushbu shartnomadan chiqishini “xavfli” deb hisoblamoqda, chunki bu Rossiyani ham kuchlar muvozanatini tiklash uchun xarakat qilishga majburlashi mumkin.

Bolton “Kommersant”ga bergan intervyusida Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning shartnomani buzayotganidan va Xitoyning o‘rtacha uzoqlikdagi raketalarni ishlab chiqarish quvvati o‘sib borayotganidan xavotirga tushayotganini bildirdi, lekin Moskva buni rad etmoqda.

Xitoy Qo‘shma Shtatlarning shartnomadan chiqish to‘g‘risidagi bayonotini tanqid qildi va shartnomadan chiqishdan oldin “yaxshilab o‘ylab ko‘rishi kerakligi”ni aytdi.

Shartnomadan bir tomonlama chiqish ko‘p tomonlarga salbiy ta’sir o‘tkazadi. AQShning shartnomadan bir tomonlama chiqishi uchun aybni Xitoyga ag‘darish butunlay xatodir. Barcha tegishli taraflar qiyinchilik bilan erishilgan yutuqlarni hurmatlashiga umid qilamiz va u ko‘p yillik og‘ir mehnat natijasidir. Umid qilamizki, Qo‘shma Shtatlar masalani muloqot va muzokara orqali hal qiladi va biror ish qilishdan oldin oldin uch marta o‘ylab ko‘radi, − dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Hua Chunying.

Mudofaa ekspertlari Rossiya bilan AQSh shartnomaga asosan 2700 ga yaqin qisqa va o‘rtacha uzoqlikdagi raketalarni yo‘q qilganini, ammo bu paytda Xitoy xuddi shunday qurollarni ishlab chiqarish qobiliyatini oshirib borganini aytmoqda.

AQSh Milliy xavfsizlik kengashining siyosiy taraqqiyot masalalari bo‘yicha sobiq yetakchi direktori Stiven Sestanovich, “Xitoy bilan Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi harbiy raqobat yaqin yillarda Pentagon oldida turgan bosh masala bo‘lib qoladi”, dedi.

Rasmiy Vashington Rossiya ko‘p yillardan beri shartnomaga zid ravishda 9M729 deb ataluvchi yadro quroli eltuvchi raketalar tizimini ishlab chiqayotganini aytmoqda.

“Yangi turtki”

Rossiya AQSh ayblovlarini rad etish bilan birga ushbu mamlakatning Yevropadagi raketadan mudofaa tizimlari shartnomaga zid ekanini iddao qilmoqda, ammo AQSh ham bu ayblovni tan olmayapti.

Shoygu Bolton bilan uchrashuvi chog‘ida bu “Rossiya-Amerika munosabatlarini barqarorlashtirishda yangi turtki berishida”ga umid bildirdi.

Bolton esa “Kommersant”ga intervyusida Patrushev bilan Tramp va Putinning yangi uchrashuvini o‘tkazish masalasini muhokama qilganini aytdi. U bu uchrashuv Parij va Buenos-Ayresdagi xalqaro yig‘inlardagidan farqli alohida va to‘laqonli bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.

XS
SM
MD
LG