Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2021, Тошкент вақти: 23:07

OzodDayjest: Seldan talafot ko‘rgan surxondaryoliklar rasmiylardan madad kutmoqda


Sel (illyustrativ surat).

May oyida kelgan sel Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on, Boysun, Sherobod va Denov tumanlarida aholi turar-joylariga katta talafot yetkazgan.

Kun.uz tahririyati tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilishda sustkashlik qilayotgan rasmiylardan norozi qumqo‘rg‘onlik bilan suhbatlashgan.

Sayt jurnalistlari bilan suhbatlashgan Qumqo‘rg‘on tumanining “Bog‘aro” mahallasida yashovchi Mukarram Musaeva mahalla fuqarolar yig‘ini va tuman hokimiyatidan noroziligini bayon etgan.

Ayolning aytishicha, turmush o‘rtog‘i 2 yil muqaddam qurilishda ishlayotgan vaqtida nogiron bo‘lib qolgan. Shu vaqtgacha tuman mutasaddilari uning holidan xabar olmagan.

Jurnalistlar mahallaning deyarli barcha qismini sel vayron qilganiga guvoh bo‘lganlar.

Ma’lum bo‘lishicha, boshqa jabrlanuvchilarga berilgan plastik kartalarga ham blok qo‘yilgan.

Ulardan ham pulni qaytarishni talab qilishgan. Ba’zilarining homiylari oxirigacha yordam bermay ketib qolgan.

Ayni vaqtda qishloqning ko‘pchilik aholisi uysiz yoki salga qulab ketishi mumkin bo‘lgan uylarda yashamoqda.

Kun.uz muxbirlari vaziyat yuzasidan mahalliy hokimiyatdan izoh ololmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Bog‘aro”, “Azlarsoy”, “Elobod” va “Ariqoshgan” mahallalaridan talofat ko‘rgan 141 nafar fuqaro ro‘yxati tuzilgan.

Baholovchi tashkilotlar tomonidan ularning mulki turlicha baholangan. Ularga ko‘rgan zarariga qarab pul mablag‘lari ajratilgan. Biroq vaqt o‘tib, ishchi guruh maksimal darajada ishlamagani natijasida yana zarar ko‘rganlar haqida arizalar kelib tushavergan.

Shunda viloyat hokimi vaziyatni to‘liq o‘rganib chiqish borasida qaror chiqargan.

Aniqlanishicha, talafot ko‘rgan xonadonlar soni 300dan ortib ketgan.

Joriy yil may oyida Surxondaryoda kuchli sel yuzaga kelgani ortidan mazkur hududlarda tezkor shtablar tashkil etilgandi.

Seldan so‘ng yetkazilgan zararlarni aniqlash maqsadida mutasaddilar tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar faoliyat olib bordi.

Baholovchi tashkilotlar sel bosgan joylarda bo‘lib, hisobotlar tayyorladi.

2018 yilning 28 iyun kuni e’lon qilingan Vazirlar Mahkamasining 528-f sonli farmoyishida davlat tomonidan ushbu hudud aholisining yashash joylariga sel oqibatida yetkazilgan zararga kompensatsiya to‘lanishi belgilangan.

Farmoyishda 235ta uy vayronaga aylangani va ularni ta’mirlash uchun jami 12,6 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgani ko‘rsatilgan.

XS
SM
MD
LG