Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2019, Тошкент вақти: 06:36

Yangi yildan boshlab yakka tadbirkorga plastik deraza yasash taqiqlanadi


Eshik rom sotadigan shirkat

O‘zbekiston vazirlar mahkamasining 22 oktabrda chiqargan 850-son qaroriga ko‘ra¸ 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab yakka tadbirkorlarga plastmassadan bo‘lgan derazalar yasab sotish taqiqlanadi.

Shuningdek, yakka tadbirkorlarga sement¸ shifer kabi qurilish materiallarini sotish ham taqiqlanadi.

Litsenziya olmasdan yakka tadbirkor maqomida ishlayotgan novvoylarga obi-non va patir yopish ruxsatigina qoldirilgan.

Ozodlik suhbatlashgan novvoylarning aytishicha¸ ularga buxanka shaklidagi nonni litsenziya olmasdan ishlab chiqarishi mumkin emas.

Plastik deraza rom yasab tirikchilik qilib kelgan tadbirkorlarning aytishicha¸ alyuminiy profildan rom, deraza va eshiklar yasash bilan shug‘ullanadigan "Akfa" (Akfa) shirkati sohani monopoliya qilib olgan.

"Akfa" shirkatiga joriy yilning aprel oyidan buyon Toshkent shahar hokimi vazifasini bajarib kelayotgan senator Jahongir Ortiqxo‘jaev egalik qiladi.

"Akfachilar" kasod bo‘ladi

Ozodlik Toshkentning Uchtepa tumanida alyuminiy profildan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash bilan yakka tartibda shug‘ulanadigan Murodjon Ibragimov bilan suhbatlashdi

36 yashar bu tadbirkorning aytishicha¸ yanvar oyidan keyin unga faqat yog‘ochdan deraza rom yasashi mumkinligi haqida ogohlantirilgan:

- Dushanba kuni soliqdan kelib qog‘oz tashlab ketdi. Ikki oy ichida alyuminiy yoki plastik profildan steklopaket yasashni to‘xtatishim kerak ekan. Yog‘ochdan yasashga taqiq yo‘qligini tushuntirishdi, deydi Murodjon Ibragimov.

Uning aytishicha¸ korxonasidagi butun ishlab chiqarish liniyasi faqat plastik va alyuminiydan deraza-rom ishlab chiqarishga moslashgan:

- Duradgor deb yakka tartibda qayddan o‘tgan bo‘lsam ham, butun stanoklarim akfachilikka (xalq orasida plastik rom yasash sohasiga qo‘yilgan nom - tahr.) moslashgan. Agar akfachilik bilan faqat "Akfa" firmasini o‘zigina shug‘ullansa, ishim kasod bo‘ladi¸ deydi toshkentlik duradgor.

Suvonqul "akfachi" rossiyaga ketadimi?

Samarqandning Xatirchi tumanida deraza rom yasash bilan shug‘ullanadigan va o‘zini Suvonqul "akfachi" deb tanishtirgan ustaning aytishicha¸ 850-son qaror ortidan birgina tumanning o‘zida o‘ndan ziyod oila daromadsiz qoladi:

- Biz faqat akfachilik bilan shug‘ullanib kelganmiz. Boshqa ishga bilim va tajriba yo‘q. Soha faqat firmalarga o‘tadigan bo‘lsa, qiynalib qolamiz. Bola-chaqani shu yerda qoldirib Rossiyaga ishlashga ketamiz, deydi xatirchilik xususiy tadbirkor.

Ozodlik suhbatlashgan yana bir andijonlik tadbirkorning aytishicha¸ bu qaror oqibatida Andijon shahar markazidagi 100 dan ziyod akfachi usta ishsiz qoladi.

Monopoliya-mi?

Ozodlik suhbatlashgan barcha “akfachi ustalar” 22 oktabr kuni qabul qilingan qaror ortida AKFA¸ "Artel", "Imzo" korxonalari muassisi¸ Toshkent shahar hokimi va senator Jahongir Ortiqxo‘jaev turganligiga ishonishadi.

Ozodlik 31 oktabr kuni suhbatlashgan O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi mulozimi soha monopoliya qilinganini rad etdi.

"Alyuminiy profildan deraza rom yasash monopoliya qilindi, degan gap - noto‘g‘ri. 850-son qarorga ko‘ra¸ bu ish bilan yuridik firmalar shug‘ullanadi. Firma emas, firmalar. O‘sha sizga shikoyat qilgan yakka tadbirkorlar firma ochib akfachilik bilan shug‘ullanaveradi"¸ deydi mulozim.

Uning yana aytishicha¸ bu qaror ortidan yo‘l davlatga soliq tushumi ortadi.

Ayron sotishga yashil chiroq¸ sement sotishga taqiq

Soliq qo‘mitasi mulozimiga ko‘ra bu qarorning yaxshi tarafi ko‘p:

- Siz qarorni faqat taqiq qismini o‘qibsiz. 8 faoliyat taqiqlandi. Sement¸ benzin sotish¸ avtomoyka yuritish va akfachilikka izn yo‘q. Ammo yakka tadbirkorga 84 turda faoliyat qilishga izn berildi. Go‘za va ayron sotish masalan - deydi mulozim.

Vazirlar mahkamasi tomonidan 22 oktabr kuni qabul qilingan qarorga ko‘ra, O‘zbekistondagi yakka tartibda tadbirkorlik qiluvchilar shu vaqtgacha imtiyoz sifatida talqin qilingan bir necha huquqlardan mahrum bo‘ladi.

Ikkinchidan, tovarlarni import qilish va keyinchalik ularni sotishga cheklov kiritildi.

Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan tovarlarning narxi bir oyda 5000 AQSh dollardan oshmasligi kerak.

Uchinchidan, alyuminiy profildan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash, avtotransport vositalarini yuvish, salon tozalash va pishloqdan mahsulotlar tayyorlash va sotish taqiqlanadi.

Bu faoliyatlarni amalga oshirish uchun tadbirkor yuridik shaxs bo‘lish talabi qo‘yilmoqda.

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov imzolagan bu qarorda taqiqlar nima sababdan joriy qilayotganiga izoh berilmagan.

XS
SM
MD
LG