Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:14

Romitondagi bog‘cha bolalari yemagan ovqatiga pul to‘lamoqda


Illyustratsiya
Illyustratsiya

Buxoro viloyati Romiton tumanidagi bog‘cha menyusiga kiritilgan ovqatlar bolalarga berilmayapti.

Ozodlik suhbatlashgan ota-onalarning aytishicha¸ bolalar o‘zi bilan bog‘chaga yegulik olib bormoqda.

Maktabgacha ta’lim vazirligidagi rasmiylar esa Ozodlik muxbiri bilan suhbatda "bunday noxush holatlar tekshirilib, chora ko‘rilayotganini" bildirdi.

Mavzuni o‘rganish jarayonida bog‘chalardagi "qog‘ozda boru aslida yo‘q" bolalar borligi ham aniqlandi.

Ozodlik suhbatlashgan romitonlik bog‘cha xodimalari iddaosiga ko‘ra¸ "ishga joylashishda ham tanish-bilishchilik" illati urchigan.

Menyuda boru dasturxonda yo‘q

Romiton tumanidagi 29 bog‘cha (maktabchaga ta’lim muassasi) tarbiyalanuvchilari iste’mol qilishi uchun belgilangan menyuda ko‘rsatilgan go‘sht¸ kefir va salat bolalar dasturxoniga tortilmadi¸ deydi ayni bog‘chada ishlaydigan va ismi aytilmasligini istagan xodim Ozodlik bilan 2 noyabr kungi suhbatda:

"Tarelkada faqat arpa yormasi (perlovka) turibdi. Qani menyuda yozilgan kefir¸ meva va salat? Qani go‘sht, qani kotlet¸ qani kompot?" dedi u.

Ayni bog‘chaga bolasi qatnaydigan romitonlik onaning aytishicha¸ “baribir bolalar bu perlovkani yemaydi”.

- O‘zim uydan bervoraman ovqat¸ shirinlik. Bog‘cha opasiga tayinlab kelaman, shuni yedir deb. Bizni bolalar bog‘chani ovqatini yemaydida baribir. Otravleniya bo‘lsa¸ ko‘proq xarajatga tushaman¸ doktor-dorisiga. Shuning uchun uydan ovqat olib ketib yegani ma’qul. Lekin men bog‘cha ovqat bermadi deb shikoyat qilmayman¸ - deydi suhbatdosh.

Ромитондаги боғча болалари емаган овқатига пул тўламоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:02 0:00
Бевосита линк

Ayni tumandagi bog‘chalardan biriga bolasi qatnaydigan va o‘zini Risolat deb tanishtirgan 31 yashar romitonlik onaning Ozodlikka aytishicha, “bog‘cha opalar bolalarning uyidan olib kelgan shirinliklarni olib yeb qo‘ymoqda

- Qizimning ovqat qutisiga bir dona "Snikers" shokolad solib bergandim. Shuni bog‘cha opasi olib, yeb qo‘yibdi. Qizim uyga kelib yig‘ladi alamidan. Boshqa shunday shokolad obersam ham ovunmadi, - dedi romitanlik Risolat.

Bog‘cha menyusi
Bog‘cha menyusi

Ozodlik 2 noyabr kuni gaplashgan Buxoro viloyat davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi taftishchisining aytishicha¸ viloyatdagi bog‘chalarga ajratilgan yegulik mahsulotlarining talon-toroj qilinishi yuzasidan bir necha bora tekshiruv o‘tkazilgan:

- Masalan, Buxoro shaxridagi MTM mudirasining go‘sht maxsulotlarini sotib yuborgani yuzasidan tekshiruv o‘tkazilib, dalolatnoma nusxasi prokuraturaga yuborildi¸ - deydi mulozim.

Buxoro viloyat prokuraturasining o‘zini tanishtirmagan mulozimi Romitan tumanidagi bir nechta bog‘cha mudiralari ustidan tushgan shikoyatlar jiddiy tekshirilayotganini aytish bilan kifoyalandi.

Bolalar ovqati uchun davlat pul ajratgan

Ozodlik Romitondagi bog‘chalarda “yemagan ovqatiga pul to‘layotgan ota-onalar” shikoyati yuzasidan¸ Buxoro viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Farhod Latipovga murojaat qildi.

Latipov izoh bermagani ortidan maktabgacha ta’lim vazirligiga murojaat qilindi.

O‘zini vazirlik yetakchi mutaxassisi deb tanishtirgan mulozim Ozodlik muxbiri keltirgan faqtlar bilan qiziqib, ularni birma-bir yozib oldi.

Mutaxassisning aytishicha¸ respublikadagi maktabgacha ta’lim muassasalariga¸ shu jumladan, Romiton tumanidagi bog‘cha tarbiyalanuvchilari iste’mol qilishi uchun davlat tarafidan yetarli mablag‘ ajratilgan.

- Bolalarning har tomonlama yetuk rivojlanishi uchun kaloriya va vitaminlarga boy taomlar iste’mol qilishini davlat ta’minlab qo‘yibdi¸ - deydi mulozim.

Ismi sir qolishini istagan Buxoro viloyat davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi taftishchisining Ozodlikka aytishicha¸ “bog‘cha ta’minoti bilan shug‘ullanadigan boshqarma mulozimlari mudirlar bilan til biriktirib, bolalarga ajratilgan maxsulotni sotib pul qilmoqda”.

Mulozim bu iddaosini tasdiqlovchi bir nechta dalolatnomani Ozodlikka taqdim qildi.

Bu hujjatlarda bog‘chaga olib kelinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari yuk xati ilova qilinmasdan yuklangani qayd qilinadi.

Uning yana aytishicha¸ iyun oyida tuzilgan dalolatnomlar asosida joriy yil avgustida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sentabr oyiga kelib sirli tarzda to‘xtatib qo‘yilgan.

Buxoro viloyat prokuraturasining o‘zini tanishtirmagan mulozimi Romiton tumanidagi MTM (boqcha) ustidan ish respublika JKsning 167 moddasiga ko‘ra¸ joriy yil avgust oyida to‘xtatilgani¸ ammo¸ viloyat prokurori talabi bilan, sentabr oyida yana qayta tergovga yuborilganini aytdi.

Bog‘cha jinoyati haqidagi jimlikni buzgan jurnalist

Mavzuni o‘rganib maqola yozgan mahalliy jurnalist Kamola Shermatovaning Ozodlikka aytishicha¸ Buxorodagi "bog‘cha mudiralari mahalliy akaxonlari ko‘magida" jazodan qutulib qolmoqda:

- Buxoro tumani 24 MTM rahbari noqonuniy uy bog‘cha ochib, MTM dan oziq-ovqat olayotganini mutasaddilar ko‘rib, ko‘rmaslikka oldi. G‘ijduvon tumanidagi 21 MTMda 100 ga yaqin bolalarni yashirib qo‘yib, vazirlik ishchi guruhi kelganida orqa eshikdan chiqarib yuborayotgan mudiraning ortida qaysi manfaatdor rahbar bor? Kogon shahridagi 12 MTM ustidan murojaat qilgan onaning shikoyati bo‘yicha borganimizda 4 yoshli Hakimova Kamolani tarbiyachisi hojatxonaga yashirib qo‘yganini aniqladim. Lekin mulozimlar meni og‘zimni bekitishga urindi, - deydi mahalliy jurnalist Kamola Shermatova.

Jurnalist Kamola Shermatova
Jurnalist Kamola Shermatova

Ozodlik bu keltirilgan va qisman mahalliy jurnalist o‘rgangan shikoyatlar yuzasidan maktabgacha ta’lim vazirligi va Buxoro viloyati huquq-tartibot organlariga murojaat qildi.

Mulozimlar "bu kamchiliklarni bartaraf etish" ustida ishlayotganlarini aytish bilan kifoyalanishdi.

XS
SM
MD
LG