Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:26

52 o‘zbek yonib ketgan avtobusning 3 haydovchisi 5 yilga qamaldi (VIDEO)


Avtobus haydovchisi Maqsad Pernebekov
Avtobus haydovchisi Maqsad Pernebekov

Yanvar oyida 52 nafar o‘zbekistonlik umriga zomin bo‘lgan avtobus yong‘ini bo‘yicha qozog‘istonlik besh kishi turli jazolarga hukm etildi.

Qozog‘iston shimoli-g‘arbidagi Aqto‘be sudi 9 noyabrda avtobusning uch haydovchisi besh yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Sud ularni ehtiyotsizlik oqibatda odam o‘ldirish va avtobusda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzishda aybdor deb topdi.

Haydovchilar shuningdek jazo muddatini o‘tab bo‘lgandan keyin 7 yil davomida avtomobil haydash huquqidan mahrum etildi.

Avtobus egasi bo‘lgan Asia Transit Service shirkatining ikki xodimi texnik jihatdan nosoz naqliyot vositasini tijoriy maqsadlarda foydalanganlikda aybdor deb topildi.

Bundan tashqari, ikki xodimdan biri texnik hujjatlarni soxtalashtirishda ham aybdor deb topildi.

Sud ularni intizomiy jazo sifatida 3,5 yilga manzil koloniyasiga yo‘llash haqida hukm chiqardi.

ВИДЕО: Ақтўбе фожиасига бағишланган махсус дастур
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:50 0:00

3 sentabrda boshlangan sudning ilk kunida besh nafar ayblanuvchining birortasi ham o‘z aybiga iqror bo‘lmagan edi.

9 iyul kuni Qozog‘iston Bosh prokuraturasi mazkur shaxslarga nisbatan tergov jarayoni yakunlani, ish sudga o‘tkazilgani to‘g‘risida bildirgan edi.

Shu yilning 18 yanvar kuni Samara-Chimkent avtoyo‘lining Aqto‘be viloyatidan o‘tadigan qismida avtobusda ketayotgan 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi tiriklayin yonib ketgandi.

Yonayotgan avtobusdan faqat uch kishi – avtobus haydovchilari qochib chiqishga ulgurgandi.

XS
SM
MD
LG