Линклар

Шошилинч хабар
13 ноябр 2019, Тошкент вақти: 07:27

22 yashar o‘qituvchi o‘quvchilarini "ID" saflariga yollagani uchun 19 yilga qamaldi


Dushanbe shahar sudi

Tojikistonda fuqarolarni «Islom Davlati» (ID) terror guruhi saflariga yollaganlikda aybdor, deb topilib, ingliz tili o‘qituvchisi 19 yilga qamoqqa hukm qilindi. Jahongir Qosimov jazoni qattiq rejimli koloniyada o‘taydi.

Dushanbe shahar sudi hukmni 15 noyabr kuni chiqardi. Jinoyat ishining yana 9 nafar figuranti, jumladan Qosimovning to‘rt o‘quvchisi 6 oydan 19 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi.

22 yoshli ingliz tili o‘qituvchisi Jahongir Qosimov shu yilning iyulida hibsga olingan edi. Sudda u ingliz tili kurslarida dars bergani, shuningdek, xorijiy tilda Qur’ondan dars olgani va «jihod» g‘oyalarini tarqatganini tan olgan. Jahongir Qosimov yigitlarni yollashga o‘zining aloqasi borligini inkor qilmagan. U sudda, ijtimoiy tarmoqlar orqali «ID» targ‘ibotchilari bilan tanishganini, keyinroq ularning mafkurasini qabul qilgani va tarqata boshlaganini aytgan.

Hukm qilinganlardan ayrimlarining qarindoshlari va advokatlari sud hukmidan rozi emasliklarini va yuqori instansiyalarga shikoyat arizasi bilan murojaat qilishlarini aytishdi.

Afg‘oniston bilan chegarada to‘rt nafar yigit giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash idorasi xodimlari tomonidan ushlanganidan so‘ng Tojikiston maxsus xizmatlari Jahongir Qosimovning iziga tushdi. Qo‘lga olingan yigitlar tojik-afg‘on chegarasidan o‘tib «ID» jangarilari saflariga qo‘shilmoqchi bo‘lganliklarini tan olishdi. Ular Panj daryosining u sohilida Tojikiston fuqarosi bo‘lmish Abu Obid ismli shaxs bilan aloqa o‘rnatishgan, u yigitlarga chegaraga yaqinroq borib NO‘Pni suratga olish maslahatini bergan.

«Yigitlar buyruqni bajarishgan va suratni jo‘natishgan. Shundan keyin Abu Obid yigitlar Afg‘onistonga o‘tishga jiddiy kirishganliklariga ishongan va kutish kerakligini aytgan. Oradan ko‘p o‘tmay u aloqaga chiqqan va yigitlarning chegaradan o‘tishlarini buyurgan. O‘sha vaqtda «to‘rtovlon» qo‘lga olindi», - deydi manba.

XS
SM
MD
LG