Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:57

Tojikistonda Rog‘un GESining birinchi agregati ishga tushirildi (VIDEO)


Tadbirda xorijiy mamlakatlarning, jumladan, CASA-1000 loyihasida ishtirok etuvchi mamlakatlar, xalqaro tashkilotlarning vakillari, diplomatlar dunyodagi 30 dan ortiq yetakchi OAV jurnalistlari ishtirok etdi.

Stansiyaning birinchi agregatini Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ishga tushirdi.

Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, sinovdan o‘tgan 6-sonli agregati birinchi bo‘lib ishga tushiriladi. "Ayni damda suv omborida suv hajmi 214 mln. kubometrni tashkil qiladi va bu GESning birinchi agregati ishga tushirilishiga yetarlidir",- deya ma’lum qilishdi gidrouzel mutaxassislari.

Тожикистонда Роғун ГЭСининг биринчи агрегати ишга туширилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:59 0:00

​Rog‘un GESi 6 ta agregatdan iborat bo‘lib, har birining quvvati 600 mVtni tashkil qiladi. 850 tonnalik rotor yer osti mashina zalida burg‘ulash, payvandlash ishlari va qurilish og‘ir sharoitlarda yig‘ildi.

Rog‘un GESining ikkinchi agregati 2019 yilning aprelida ishga tushiriladi. Quvvati 3600 megavatt (17 mlrd. kVt/soatdan ortiq) bo‘lgan Rog‘un GESi Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik gidroelektrostansiya bo‘ladi.

GES qurilishi 70-yillar oxirlarida Sovet Ittifoqi davrida boshlangan, biroq mamlakat tarqalib ketganidan so‘ng qurilish ishlari to‘xtab qoldi.

2016 yil 29 oktabr kuni Vaxsh daryosi o‘zaniga to‘siq qo‘yildi, shu tariqa Rog‘un GESi to‘g‘oni qurilishi boshlandi. Italiyaning Salini Impregilo kompaniyasi 2016 yil oktabrda Rog‘un GESi qurilishi bo‘yicha e’lon qilingan tenderda g‘olib bo‘ldi. Tojikiston hukumatining bayonotiga ko‘ra, mazkur kompaniya bilan erishilgan shartnoma $3,9 mlrdni tashkil qiladi.

Tojikistonning Rog‘un GESi qurilishiga O‘zbekistonning avvalgi rahbariyati qarshi chiqqan edi: o‘shanda Toshkent zilzila yuz bergudek bo‘lsa, GES to‘g‘oni buzilish xavfi mavjudligidan tashvish bildirgan. Biroq Dushanbe mamlakatida Rog‘un singari GESlar mavjudligini, ular bir necha o‘n yildan beri seysmik barqaror ekanligini namoyon etib kelayotganini aytib kelgan. O‘zbekistonning hozirgi rahbariyati Vaxsh daryosiga yangi GES qurilishiga qarshi chiqmayapti.

XS
SM
MD
LG