Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2019, Тошкент вақти: 12:14

“60 ming dollarlik maosh uchun O‘zbekistonga bormayman”


“Umid” jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan xorijdagi nufuzli universitetni tugatib Kanadadagi kauchuk ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biriga rahbarlik qilayotgan 47 yashar olim va tadbirkor Anvar Bo‘ronovning fikricha, “Mirziyoevning islohotlari tanazzulga yuz tutmoqda".

Bo‘ronov O‘zbekiston qalampir ishlab chiqarish borasida Hindiston kabi davlat bilan bellasha olmaydi yoki tovuq go‘shti yetishtirish borasida yetakchi davlatlar bilan raqobat qila olmaydi, deb hisoblaydi.

Анвар Бўронов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:57 0:00

Anvar Bo‘ronov - O‘zbekistonga borib ishlash taklifini olganlardan biri. Ozodlik bilan suhbatda Bo‘ronov O‘zbekistonga mulozim sifatida emas, mustaqil tadbirkor sifatida borib ishlash niyatini aytdi:

- Men 60 ming dollar maosh (yiliga) uchun ishlaydigan mavqedan allaqachon hatlab o‘tganman. O‘zbekistonda mustaqil tadbirkor sifatida faoliyat olib borgan bo‘lardim. Hozir Kanada davlat grantlari ishtirokidagi loyihada ishlayapman. O‘zbekistonga borib bir mulozimga yordamchi bo‘lamanmi? O‘z vaqtida Toshkentda ishlab mulozim bo‘lish samarasizligini tushunib etganman.

O‘zbekistonda yuqori malakali mutaxassislarga yiliga 60 ming dollardan kam bo‘lmagan miqdorda oylik beriladigan bo‘ldi. Bu miqdor prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Prezident Karimov tomonidan 1997 yili “Umid” jamg‘armasi tashkil etilgan edi.

Bu jamg‘arma davlat byudjeti hisobidan iste’dodli yoshlarni tanlab¸ ularni xorijiy mamlakatlardagi nufuzli o‘quv yurtlarida o‘qitishni maqsad qilgan edi.

Jamg‘arma nizomiga ko‘ra¸ AQSh, Angliya, Fransiya, Yaponiyaga o‘qishga yuborilgan o‘zbek talabalari o‘z vataniga qaytib¸ olgan bilimlarini O‘zbekiston ravnaqi uchun sarflashi lozim edi.

Ammo “Umid” jamg‘armasi yuborgan o‘zbek talabalarining aksariyati O‘zbekistonga qaytib ishlashni istamagani ortidan¸ bu jamg‘arma 2003 yili rasman tugatilgan.

XS
SM
MD
LG