Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:36

Samarqanddagi forumda sobiq mahbuslar reabilitatsiyasi masalasi ko‘tariladi


22 noyabr kuni Samarqand shahrida inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangan Osiyo forumi boshlandi. Forumda qatnashayotgan O‘zbekistondagi "Ezgulik" inson huquqlari tashkiloti rahbari Abdurahmon Tashanov Ozodlik bilan suhbatda anjuman davomida o‘zbekistonlik sobiq siyosiy mahbuslar reabilitatsiyasi masalasi ko‘tarilishini aytdi.

Forumda O‘zbekiston Oliy Majlisi senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, MDH ijroiya qo‘mitasi rahbari Sergey Lebedev, O‘zbekiston Inson huquqlari markazi direktori Akmal Saidov, YeXHTning demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori Ingibyorg Solrun Gisladottir, BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha BMTning mintaqaviy markaz direktori Natalya German singari rasmiylar qatnashmoqda.

Forum O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoevning forum ishtirokchilariga murojaati va BMT Bosh kotibi Antonio Guterrishning videomurojaatini tinglash bilan boshlandi.

Forumda qatnashayotgan O‘zbekistondagi "Ezgulik" inson huquqlari tashkiloti rahbari Abdurahmon Tashanov Ozodlik bilan suhbatda anjuman davomida o‘zbekistonlik sobiq siyosiy mahbuslar reabilitatsiyasi masalasi ko‘tarilishini aytdi.

"Эзгулик" инсон ҳуқуқлари ташкилоти раҳбари Абдураҳмон Ташанов.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:58 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG