Линклар

Шошилинч хабар
07 декабр 2019, Тошкент вақти: 16:52

IIB xodimlariga “yomonotliq” bo‘lmaslik yo‘riqnomasi berildi


IIV chop qilgan yo‘riqnomalardan biri

Ichki ishlar organlari (IIO) xodimlariga joriy haftada “sohaviy xizmat faoliyati davomida amal qilishi zarur bo‘lgan axloqiy mezonlar bo‘yicha” rangli kitobcha shaklida chop qilingan yo‘riqnomalar berildi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning buyrug‘i asosida chop qilingan bu kitobchalar viloyat va tuman IIB larida muntazam o‘tkazilayotgan “ma’rifat darslarida” tarqatilgan.

Bu daftarcha fotnusxasini Ozodlikka taqdim qilgan IIO xodimining aytishicha¸ navbatdagi “ma’rifat darsi” 26 noyabrga belgilangan. Xodimga ko‘ra¸ butun respublika bo‘ylab bir kunda o‘tkaziladigan “dars mazmuni” bo‘yicha konspektlar tarqatilgan.

- Kelasi dushanba kungi dars mavzusini Telegramdan yuborishdi. “Bosh maqsad - xalq manfaatlariga xizmat qilish” degan tema ekan. O‘tgan safargi darsda IIB xodimlarinini yomonotliq qilish uchun telefoniga rasm olib tarqatadigan provokatorlardan ehtiyot bo‘lish o‘rgatilgan edi¸- dedi ismi ochiqlanishini istamagan IIO xodimi.

Xodim o‘tgan “ma’rifat darsida” tarqatilgan yo‘riqnomalardan birini Ozodlikka taqdim qildi. Rangli otkritka shaklida chop qilingan bu yo‘riqnomada IIO xodimlarining “kichik xatosi boshqa burchaklarda o‘tirib olib O‘zbekiston erishgan yutuqlarni ko‘rolmayotgan kimsalar tarafidan barchani yomonotliq qilishga” imkon yaratishi aytilgan.

IIV chop qilgan yo‘riqnomalardan biri
IIV chop qilgan yo‘riqnomalardan biri

Yo‘riqnomada “IIO xodimining nojo‘ya hatti-harakati va nohaqligini uyali telefon orqali yozib olib tarmoqlarda tarqatilishi” oqibatlari haqida ogohlantiriladi.

"Og‘ziga kuchi yetmaganlarni" qurolsizlantirish bo‘yicha tavsiya

“Sizning kichik yoki qo‘pol xatongiz natijasida bu muqaddas kasb egalarining barchasi yomonotliq bo‘lishiga sabab bo‘lasiz” degan jumlalardan keyin “og‘ziga kuchi yetmaganlarga “ imkon bermaslik uchun IIO xodimi “Xato qilmasligi” zarurligi uqtiriladi.

“Xato qilishni to‘xtating. Bo‘ldi, bas, yetar. Xizmat mavqeini oshirish uchun ham ozgina mehnat qiling. Siz xalq xizmatchisiz!” deyiladi yo‘riqnomada.

Kattaqo‘rg‘on sabog‘i?

Ozodlik suhbatlashgan Urgut tuman IIB xodimining 22 noyabr kuni aytishicha¸ bunday yo‘riqnomalar Kattaqo‘rg‘on IIB jinoyat qidiruv bo‘limi sobiq tezkor vakili San’at Umarov tarafidan bir ayolning yechintirib sazoyi qilgani aks etgan video chiqqanidan keyin joriy qilingan.

Kattaqo‘rg‘onlik IIB xodimi sazoyi qilgan ayol videosi ortidan Bosh vazir o‘rinbosari masalaga e’tibor qaratgan edi.
Kattaqo‘rg‘onlik IIB xodimi sazoyi qilgan ayol videosi ortidan Bosh vazir o‘rinbosari masalaga e’tibor qaratgan edi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi 21 noyabr kuni Samarqand viloyat, Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limining sobiq tezkor xodimi San’at Umarovni 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqargan edi.

IIO xodimi stolidagi rasmlar

Urgutlik IIB xodimiga ko‘ra, IIO xodimlari hatti-harakatlarini tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi “Profilaktika inspektorining ish stolining ustiga qo‘ysa bo‘ladigan surat va shiorlar to‘plamini” chop qilgan.

Bu suratlarda IIO xodimining “Insonparvar”¸ “Xolis”¸ “Adolatli” va “Tolerant” bo‘lishi uqtiriladi.

Ozodlikda nusxasi bo‘lgan ko‘rgazmali plakatda IIO xodimlari jinsi¸ irqi¸ millati¸ tili¸ dini¸ ijtimoiy kelib chiqishi va shaxsning mavqeidan qat’inazar barchaga bir xil munosabatda bo‘lishi kerakligi uqtiriladi.

Profilaktika inspektori ish kabinetiga osilishi tavsiya qilingan yana bir plakatda “IIO xodimi ayollar¸ nogironlar va voyaga yetmaganlarga qarata o‘q otishi mumkin emasligi” ta’kidlanadi.

IIO qonun ichiga sig‘dirildi

O‘zbekistonda rahbariyat almashganidan keyin 2016 yilning sentabr oyida ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi qonun qabul qilingan edi.

XS
SM
MD
LG