Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:11

Ukrainaning 10 viloyatida harbiy holat joriy qilindi. Rossiya Qrimga yana raketalar jo‘natmoqda


Ukraina Rossiyaning “tajovuzi” ortidan mamlakatning sharqiy viloyatlarida 30 kunlik harbiy holat joriy qildi. Ayni paytda Rossiya 2014 yilda bosib olgani hudud - Qrimda aviatsiyaga qarshi raketalar joylashtirish bilan yarim orol xavfsizligini mustahkamlamoqchi ekanini e’lon qildi.

Ukraina Rossiya hamda Moldovaning rossiyaparast Dnestrbo‘yi mintaqasi bilan chegaradosh 10 ta viloyatida harbiy holat joriy qildi. Bunga Rossiya sohil qo‘riqchi kemasi Ukraina harbiy-dengiz floti kemalarini urib shikast yetkazgani, o‘qqa tutgani va 20 dan oshiq dengizchisini hibsga olgani, ulardan 6 nafari yaralangani sabab bo‘ldi. Rossiya Ukraina kemalari o‘z hududiga noqonuniy kirganini iddao qildi, ammo Kiev buni rad etmoqda.

Bu insident G‘arb mamlakatlari rahbarlarini darg‘azab qildi. AQSh prezidenti Donald Tramp joriy hafta oxirida Argentinada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvini bekor qilishi mumkinligini aytdi.

Ukraina parlamenti 26 noyabr kuni prezident Petro Poroshenko ta’biri bilan aytganda, “Rossiya tajovuziga nishon bo‘lishi” mumkin bo‘lgan 10 ta viloyatda harbiy holat joriy qilish uchun ovoz berdi.

Kreml harbiy holat joriy etilishini “kaltabinlik” deb atadi va bu hol Ukraina “janubi-sharqidagi mojaroli mintaqada keskinlikni oshirib yuborishi mumkinligi”ni bildirdi.

Poroshenko Rossiyaning xatti-harakatlari “keng qamrovli urush” tahdidi ekanini aytdi va Moskvani Ukraina atrofida harbiy quvvatini oshirayotganlikda aybladi.

Ushbu mojaro Rossiya may oyida Qrimga ko‘prikni ishga tushirgandan so‘ng Kerch bo‘g‘ozi atrofidagi yuzaga kelgan keskinlik ortidan vujudga keldi.

Ukrainaning Qora va Azov dengizlaridagi portlari o‘rtasidagi qatnov faqat Kerch bo‘g‘ozi orqali amalga oshiriladi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Hizer Noert Yevropa mamlakatlarini Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi hamda Vashington Rossiyaga qarshi sanksiyalar qattiqroq qo‘llanishiga erishmoqchi ekanini ma’lum qildi.

Kiev bilan G‘arb mamlakatlarining asir olingan ukrain dengizchilar qo‘yib yuborish xususidagi da’vatlariga qaramay, Simferopol shahri sudi 27 noyabrda ularni ikki oy ushlab turish to‘g‘risida qaror chiqardi. Ayrim dengizchilar ustidan 28 noyabrda sud bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG