Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:22

OzodDayjest: Mehnat vaziri xorijga ishga yuborishdagi monopoliya va korrupsiyani tan oldi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Jizzaxda mast shifokorning aybi bilan yangi tug‘ilgan chaqaloq nobud bo‘ldi. Prokuratura jazoni ijro etish tizimidagi kamchiliklarni aniqladi. O‘zbekiston mehnat vaziri har yili 1,5 million o‘zbekistonlik Rossiyaga ish izlab ketishini e’tirof etdi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

_____________________________________________________________

Prokuratura ichki ishlar jazoni ijro etish tizimidagi kamchiliklarni fosh qildi

Farg‘ona viloyat prokuraturasi viloyat IIB tomonidan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarning ijro etilishida bir qator kamchiliklarni aniqladi (“Huquq”, 29 noyabr). Xususan, viloyat miqyosida axloq tuzatish ishlariga jalb etilgan 170 ga yaqin mahkum ishga joylashtirilmagan. Shuningdek, mahkumlar bilan profilaktika-nazorat ishlarini olib borishda ko‘zbo‘yamachilik qilingan. Bundan tashqari, mahkumlarning ish haqidan ushlab qolinishi belgilangan mablag‘ ham to‘liq davlat g‘aznasiga o‘tkazilmagan. Qayd etilishicha, tekshiruvlar asnosida viloyatdagi barcha shahar va tuman IIB jazoni ijro etishga mas’ul nazoratchilari ko‘r-ko‘rona ish yuritganini fosh qilingan. Bu esa qayta jinoyat sodir etishlarga sabab bo‘ladi. Xizmat vazifasini to‘liq bajarmagan IIB mas’ullariga nisbatan qanday chora qo‘llangani ochiqlanmagan.

Jizzaxlik ona chaqalog‘i o‘limida mast shifokorni ayblamoqda

Jizzax viloyati Zafarobod tumanida yashovchi 37 yashar ayol chaqalog‘i o‘limida shifokorlarni ayblamoqda (“Darakchi”, 29 noyabr). 12 noyabr kuni soat 6 da ayolda to‘lg‘oq boshlangach, eri uni tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq majmuasiga olib borgan. Shifokorlar ayol soat 14-16 larda tug‘ishini aytgan. Bu orada tug‘ruq bo‘limi boshlig‘i tushlikka chiqib, mast holda qaytib kelgan. Ayol o‘sha kuni o‘g‘il farzand dunyoga keltirgan, ammo bola 14 daqiqadan keyin vafot etgan. Ayolga ko‘ra, tug‘ruq bo‘limi boshlig‘i mast holda ekani, boshqa bir shifokor esa noprofessional harakat qilgani bois u chaqalog‘idan ayrilgan. Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan Jizzax viloyat prokuraturasi tergovoldi tekshiruvlari olib bormoqda. Bosh prokuratura esa tekshiruv ustidan nazorat o‘rnatgani aytilmoqda.

Mehnat vaziri: Har yili 1,5 million o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlagani ketmoqda

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiev xorijga ishga yuborish tizimida monopoliya o‘rnatilgani va bu hol korruptsiyaga olib kelayotganini tan oldi. Bir qator matbuot nashrlari xabariga ko‘ra, vazir bu haqda Toshkentda o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan. “Har yili 1,5 million O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaga ishlash uchun ketadi. Ularning 99 foizi esa tartibsiz ravishda ketadi. Chunki shu paytgacha davlatning o‘zi bu jarayonni tartibli qilishga ruxsat bermagan. Bu ish bilan faqat bitta agentlik shug‘ullangan. Bu o‘z-o‘zidan ko‘rinib turgan monopoliya. Monopoliya bor joyda esa korrupsiya bo‘lgan”, degan Sh. Kudbiev. Qayd etilishicha, fuqarolarni xorijga ishga yuborish ishiga xususiy bandlik agentliklarini jalb etish rejalashtirilgan. O‘zbekiston Mehnat vazirligi uzoq yillar davomida Rossiyada ishlayotgan vatandoshlar sonini kamaytirib ko‘rsatib kelgan. Amaldagi vazir esa ilk bor bir yilning o‘zida mamlakatdan 1,5 million kishi Rossiyaga ishga ketayotganini tan olmoqda. Vazir rus diyoridagi o‘zbek mehnat muhojirlarining umumiy miqdori qancha ekaniga oydinlik kiritmagan.

XS
SM
MD
LG