Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2020, Тошкент вақти: 01:38

AQSh Mudofaa vaziri Putinni “ikkiyuzlamachilik”da aybladi


AQSh mudofaa vaziri Jim Mettis Parijda, 2 oktabr, 2018 yil

AQSh Mudofaa vaziri Rossiya prezidentini keskin tanqid qilib, uni yolg‘onchilikda aybladi.

Uning fikricha, Putin qurollarni nazorat qilish bo‘yicha sovuq urush davrida erishilgan asosiy shartnoma xususida yolg‘on gapirmoqda va o‘tgan hafta Ukraina bilan dengiz yo‘li bo‘yicha yuz bergan mojaro vaqtida o‘ylamay ish qilgan.

Jim Mettis 1 dekabr kungi chiqishida, Moskva o‘tgan oyda Kongressga bo‘lib o‘tgan oraliq saylovga aralashishga urindi, deb ta’kidladi.

Biz o‘zimiz ishonmaydigan kishi bilan hamkorlik qilayapmiz, ‒ dedi Mettis Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan Reygan nomidagi Milliy xavfsizlik forumida. ‒ Munosabatlar yomonlashganiga shubha yo‘q.

Ammo, Mettis prezident Donald Trampning o‘rtacha uzoqlikdagi yadro qurollari bo‘yicha shartnomadan chiqish to‘g‘risida yaqinda bergan bayonoti haqida hech narsa demadi.

Lekin, u Putin ayni shartnomani "ikkiyuzlamalik" bilan buzayapti, deb aytdi.

AQSh vaziri Qrim yarim oroli yaqinida ukrain kemalari va dengizchilarining hibsga olinishi bilan bog‘liq mojaroda ham Rossiyani aybladi.

Vazirga ko‘ra, Rossiya Ukraina bilan shartnomani “surbetlarcha” buzmoqda.

XS
SM
MD
LG