Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 09:36

Tojikistonning Isfarasida «o‘zbek bozori» yopildi (VIDEO)


Isfara shahridagi yirik «Navbahor» bozori hududidagi huvillab qolgan "O‘zbek bozori"
Isfara shahridagi yirik «Navbahor» bozori hududidagi huvillab qolgan "O‘zbek bozori"

Tojikistonning Isfara shahridagi yirik «Navbahor» bozori hududidagi «O‘zbek bozori» huvillab qoldi. Ozodlik radiosi tojik xizmatining xabar qilishicha, yaqindagina bu savdo rastalari odamlar bilan to‘la edi.

Isfaradagi o‘zbek bozorlari vakili Abdug‘ani Raufovning so‘zlariga qaraganda, bozorning huvillab qolishining asosiy sabablaridan biri Tojikiston tomonidan belgilangan yuqori bojxona to‘lovlaridir.

O‘z navbatida Isfara shahri raisining o‘rinbosari Sobit Umarzoda o‘zbek tadbirkorlarining mato va boshqa mahsulotlari sifati past bo‘lgani va shu sababli talab sust ekanligi uchun «o‘zbek bozori» yopilganini aytgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni damda o‘zbek tadbirkorlari shaharning boshqa bozorida meva sotish bilan shug‘ullanmoqda.

Тожикистон шимолидаги ўзбек бозори ҳувиллаб қолди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:54 0:00

Isfara shahar raisining o‘rinbosari bojxona sektoridagi muammolardan ham ko‘z yummadi. Uning ta’kidlashicha, o‘zbek tadbirkorlari Tojikistondan bojxona to‘lovlari bekor qilinishini so‘ragan. Biroq shu yilning yozida o‘zbek rasmiylari Tojikiston fuqarolariga chegaradan 10 kilogrammdan ortiq yuk olib o‘tishni taqiqlagan. Shundan so‘ng Tojikiston hukumati O‘zbekiston fuqarolari olib kiradigan yuk vazini 50 kilogramm qilib cheklab yo‘qdi.

"Ayni damda bojxona to‘lovlarini bekor qilib bo‘lmaydi, chunki Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida bu borada birorta ham hujjat imzolanmagan", - deya qo‘shimcha qiladi Sobit Umarzoda.

Uch oy muqaddam "Navbahor"da 100ga yaqin o‘zbekistonlik faoliyat yuritardi. Ular asosan oziq-ovqat mahsulotlarini sotar edi.

Tojikiston hukumatining ma’lum qilishicha, 2018 yilning 9 oyi mobaynida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo hajmi 220 million dollarga yetgan.

XS
SM
MD
LG