Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:31

Tojikistonda 3 yashar nabirasini tiriklayin ko‘mgan ayol sudlanadi


Xojaroy Ashurova tergovchilarga nabirasini ko‘mgan joyni ko‘rsatmoqda.
Xojaroy Ashurova tergovchilarga nabirasini ko‘mgan joyni ko‘rsatmoqda.

Tojikistonning Xatlon viloyat prokuraturasi buvisi tomonidan uch yoshli bolaning o‘ldirilishi bilan bog‘liq jinoyat ishi tergovini yakunladi. «Qotillik» moddasi bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi.

Bu haqda 4 dekabr kuni viloyat prokuraturasi vakili ma’lum qildi.

Hodisa 12 sentabr kuni Abdurahmon Jomiy tumanidagi Iftixor jamoatidagi Navobod qishlog‘ida yuz bergan. 58 yoshli Xojaroy Ashurova o‘z nabirasi Behruzjonni avvaliga bo‘g‘ib qiynagan, so‘ng tuproqqa ko‘mib yuborgan.

«So‘roq vaqtida Xojaroy Ashurova nafaqat uyda, balki odamlar oldida ham doimiy ravishda janjallashib kelgan kelini Gulsanam Boymurodovani yoqtirmagani bois nabirasini o‘ldirganini tan oldi», - dedi prokuratura vakili.

Behruzjonning onasi Gulsanam Boymurodova o‘g‘lini o‘ldirgan qaynonasini kechirganini aytdi:

«Men erim bilan ajrashish niyatim yo‘q, biroq bu uyda yashay olmayman. Bu yerdagi hamma narsa menga Behruzjonni eslatadi».

Fojiadan so‘ng Gulsanam otasining uyiga qaytib keldi. U qaynonasi bilan munosabatlari yaxshi bo‘lmaganini tasdiqladi:

«Bu kabi janjal va to‘polonlar har bir oilada bo‘lib turadi. Ammo bu janjallar bolani o‘ldirishga sabab bo‘lishi kerak emas»

O‘z buvisi tomonidan Behruzjonning o‘ldirilishi Tojikiston aholisini dahshatga soldi.

Ashurova nabirasi cho‘kib ketgani to‘g‘risida xabar berganidan so‘ng Behruzjonning jasadini qidirish boshlandi. Qidirish ishlarida qishloq aholisi militsiya xodimlariga yordamga keldi, ular Behruzjonning jasadini kanaldan qidirishdi. Biroq jasad mutlaqo boshqa yerdan topildi – qidiruvning oltinchi kuni mahalliy cho‘pon jasadni Maxatoni qishlog‘i yaqinidagi jarlikdan topdi.

"Militsiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan operativ-qidiruv tadbirlari natijasida Abdurahmon Jomiy tumanidagi Iftixor jamoatidagi qishloqda istiqomat qiluvchi 58 yoshli Xojaroy Ashurova taxminan soat 10.00larda o‘z nabirasini tiriklayin ko‘mgani va buning natijasida bola vafot etgani aniqlandi. Bolaning jasadi olti kundan keyin topildi», - deya xabar berdi Tojikiston IIV matbuot markazi.

Sud jarayoni yaqin kunlarda boshlanadi. Ayol 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

XS
SM
MD
LG