Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:05

OzodDayjest: Militsiya zobitining qilmishini shar’iy xotini fosh qilgan


Kattaqo‘rg‘onda militsiya xodimi tomonidan yechintirilgan ayol videosidan skrinshot.
Kattaqo‘rg‘onda militsiya xodimi tomonidan yechintirilgan ayol videosidan skrinshot.

Samarqandda ayolni yechintirib, taqhirlagan militsionerning videosini shar’iy nikohdagi xotini tarqatib yuborgan. Buxoroda 19 yoshli yigit rashk qurboni bo‘ldi. Surxondaryoda operatsiya uchun bemordan pora talab qilgan shifokor qo‘lga olindi.

_____________________________________________________________

Kattaqo‘rg‘onlik militsiya ofitserining qilmishini shar’iy xotini fosh qilgani ma’lum bo‘ldi

Ayolni yechintirib tahqirlagan militsiya ofitseri, Kattaqo‘rg‘on tumani IIB xodimi San’at Umarovning jinoyatiga oid qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum bo‘ldi (“Darakchi”, 6 dekabr). Joriy yil 3 iyun kuni Kattaqo‘rg‘on tumani IIB binosiga avval o‘g‘rilik jinoyati sodir etgan N.T. ismli ayol olib kelinadi. Jinoyat qidiruv bo‘linmasi katta tezkor vakili San’at Umarov ayolning himoyasiz ekanidan foydalanib, unga ochilmay qolgan jinoyat ishlarini yuklashga urinadi. Shu maqsadda ayolni kiyimlarini yechishga majbur qiladi va buni telefonida videoga oladi. Quturib ketgan militsiya ofitseri ayolni “ayb”ini tan olmasa, nomusiga tegish, yalang‘och holda ko‘chaga haydash bilan qo‘rqitadi. Hozirga qadar militsiya xodimi telefoniga yozib olgan video qanday tarqalib ketgani noma’lum qolayotgan edi. Sud jarayonida ma’lum bo‘lishicha, S.Umarovning telefonidagi videoyozuvni uning shar’iy ayoli S.P. o‘z telefoniga sezdirmay yozib olgan va shu tariqa militsiya xodimining qilmishi jamoatchilikka oshkor bo‘lgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi raisi o‘rinbosari O‘tkir Mamadalievga ko‘ra, S.Umarov 6,6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Buxoroda muhabbat mojarosi sabab 20 yoshli yigit o‘ldirildi

Joriy yil 30 noyabr kuni Buxoro tumani Dexchabegi qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi Sattorobod arig‘idan 20 yoshlardagi yigitning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan edi. Buxoro tumani IIB mahalliy nashrlar orqali ushbu holatga oid dastlabki ma’lumotlarni oshkor qilgan. O‘lik holda topilgan shaxs Buxoro shahrida 1999 yilda tug‘ilgan Sh.S. ekani aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, Sh.S. tengdoshi A.U. bilan avvaldan tanish bo‘lgan. Sh.S. esa A.U.ning yoqtirgan qizi bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan. A.U. rashk sabab Sh.S.ni o‘z avtomobilida pichoqlab o‘ldirgan va uning jasadini ariqqa oqizib yuborgan. Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi A.U.ning qilmishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryoda operatsiya uchun bemordan bir million so‘m talab qilgan shifokor qo‘lga olindi

​Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo viloyati filiali shifokori bemordan pora qilgani uchun ushlandi, deb xabar beradi “Huquq” nashri. Bemor ayol mazkur filialga o‘t pufagi qattiq og‘riyotgani bois murojaat qilgan. Ismi oshkor etilmagan shifokor esa o‘t pufagidagi toshni operatsiya yo‘li bilan olib tashlash lozimligini aytib, operatsiya uchun 1 million so‘m pora talab qiladi. Aytilgan pulni berishga qodir bo‘lmagan bemor ayol esa shifokorning tamagirligi haqida huquq idoralariga xabar bergan. Qayd etilishicha, shifokor prokuratura departamenti tomonidan jinoyat ustida ushlangan. Bosh prokuratura nashri tibbiyot xodimlarining tamagirlikdan yiroq bo‘lishga chaqirgan.

XS
SM
MD
LG