Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 07:37

"Shuhrat Dombrabadskiy" va uning akasi ustidan sud boshlandi


Shuhratilla (o‘ngda) va Shavkat Nosirovlar
Shuhratilla (o‘ngda) va Shavkat Nosirovlar

10 dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida xalq orasida "Shuhrat Dombrabadskiy" nomi bilan tanilgan Shuhratilla va uning akasi Shavkat Nosirovlar ustidan sud jarayoni boshlandi.

Aka-ukalar Jinoyat kodeksining 145-, 165-, 227- va 228-moddalarida ko‘zda tutilgan - vijdon erkinligini buzish, tovlamachilik, hujjatlarni soxtalashtirish kabi qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

8 iyunda Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar xodimlaridan iborat maxsus guruh 61 yashar Shuhratilla va uning 62 yashar akasi Shavkat Nosirovni Toshkentdagi uyidan olib ketgani haqida birinchi bo‘lib Ozodlik 26 iyun kuni xabar qilgandi.

Oradan o‘n kun o‘tib Nosirovlarning singlisi Gulnora Rasulova ham hibsga olingan va Ozodlik xabari ortidan bir necha kun o‘tib qo‘yib yuborilgan edi.

Yopiq sud

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 10 dekabr kuni soat 11:00 da boshlangan jarayon yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tmoqda.

"Sud raisi Zafar Nurmatov tinglovda qatnashayotganlardan sud jarayoni haqida hech kimga ma’lumot bermaslik haqida tilxat yozdirib olgan", dedi jarayondan ogoh bo‘lgan sud mulozimlaridan biri.

Uning qo‘shimcha qilishicha, sudning dastlabki kunida aka-uka Nosirovlar va ularning advokatiga "delo bilan tanishish uchun vaqt berilgan".

"Aybsizlik prezumpsiyasi"

Aka-uka Nosirovlar hibsga olinishidan uch hafta o‘tib, ya’ni 1 iyulda "O‘zbekiston-24" telekanali ular haqida "Manmanlikning oxirgi bekati" nomli hujjatli filmni namoyish qildi.

YouTube tarmog‘iga joylashtirilgan filmda Shuhratilla Nosirov va uning akasi ustidan sud-tergov materiallari namoyish etilgan.

Filmda da’vo qilinishicha, aka-uka Nosirovlar Toshkent shahar, Chilonzor tumanidagi "Nosirxon" jome’ masjidini "muqaddam o‘z hisoblaridan qurdirganliklarini aytib, uni o‘zlarnining shaxsiy mulkiga aylantirishga uringanlar".

"Xususan, bu zo‘ravonlar masjidning muhr va shtampini o‘zboshimchalik bilan qo‘lga kiritib, muhrda mavjud bo‘lgan O'zbekiston Musulmonlari Idorasi so‘zlarini olib tashlagan holda yangi shaklni yasatishgan va masjid nomidan ish ko‘rib kelishgan," deya ta’kidlanadi hujjatli filmda.

Shuningdek, ​aka-ukalarni aybdorlar sifatida taqdim etgan ushbu filmda ularning masjid nomini o‘zgartirishga uringanliklari alohida aytiladi.

Biroq, Ozodlik suhbatlashgan Shuhrat Nosirov yaqinlaridan biri "O‘zbekiston-24" kanalini aybsizlik prezumpsiyasini yaqqol buzganlikda aybladi.

"Aybsizlik prezumpsiyasi qaerda qoldi? "O‘zbekiston-24" qachongacha fuqarolarning huquqlarini ochiqchasiga poymol qiladi? Sud hali bo‘lib o‘tgani yo‘q, hukm chiqarilgani yo‘q. Lekin filmni tomosha qilsangiz, hayratdan yoqa ushlaysiz. Sud bo‘lmay turib televidenie odamlarni ochiqchasiga aybdorga chiqarib qo‘ygan. Shumi adolat?" - dedi Shuhrat Nosirov yaqinlaridan biri.

30 ming dollar

"Dombrbadskiy"ni hibsga olish jarayoni
"Dombrbadskiy"ni hibsga olish jarayoni

Shuhrat Nosirov mahalladoshlaridan biriga ko‘ra, aka-uka Nosirovlarning hibsga olinishiga ularga qarshi Nosirovlar xolavachchasi Bahodir Sharopovning huquq-tartibot organlariga shikoyat qilgani sabab bo‘lgan.

Shuhrat Nosirov¸ xolavachchasi Bahodir Sharopovning Do‘mbrobod dahasida joylashgan hovlisini sotish rejasidan g‘azabga kelgan, undan uy hujjatlarini qaytarib olgan.

"Aslida, bu hovli Shuhrat akaniki bo‘lgan. Bahodir Sharopov uyini sotib yubormoqchi bo‘lganini eshitib, Nosirovlar undan hujjatlarini qaytarib olishgan. Bundan norozi bo‘lgan Bahodir Sharopov militsiyaga shikoyat qilgan," - dedi ismini oshkor etmaslikni so‘ragan aka-uka Nosirov mahalladoshlaridan biri.

Biroq Bahodir Sharopov Ozodlik bilan suhbatda hodisaning mutlaqo boshqacha manzarasini tasvirladi:

- Men shikoyat qilmaganman. Shavkat aka, Shuhrat aka mening ustimdan yozgan. Tuhmat qilgan. Men bilmaganman. Menga tuhmatlar qilgan. Lekin o‘zlari qilgan bo‘lib chiqdi. Shuning uchun o‘tiribdi, - dedi Bahodir Sharopov.

Uning iddao qilishicha, xolavachchalari uni 2017 yil noyabrida "30 ming dollar oldim" deya tilxat berishga majburlaganlar.

- Endi siz Shuhratni bilasizmi? U shofer emas, u magazinchi emas. Tushuntira oldimmi? U avtoritet bo‘lgan odam. Shuning uchun ham unga qarshilik qilishim befoyda edi, - dedi Bahodir Sharopov.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:24 0:00
Бевосита линк

Do‘mbrabodlik Shuhrat

Shuhrat Nosirov ikki yil muqaddam qamoqdan ozod etilgandi
Shuhrat Nosirov ikki yil muqaddam qamoqdan ozod etilgandi

Toshkentliklar orasida "Shuhrat Dombrabadskiy" nomi bilan tanilgan Shuhratulla Nosirov 90-yillarda "o‘g‘irlangan mashinalarni topib beradigan" avtoritet sifatida tanilgan.

U 1993 yili Toshkent shahar sudi tarafidan uyushgan jinoyatchilikda ayblanib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va ikki "raskrutka" bilan jami 23,5 yil qamoqda o‘tirgan.

Dastlabki hukmda ta’kidlanishicha, Shuhrat Nosirov "avtomobil vositalarini olib qochish, boshqalar mulkini tortib olish, tamagirlik, o‘g‘irlik, mol-mulkka qasddan ziyon yetkazish, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish mollarini noqonuniy o‘zlashtirish"da aybdor deb topilgan.

"Shuhrat Dombrabadskiy" 2016 yil 18 avgustda, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi qarori bilan, muddati tugagani bois qamoqdan ozod qilingan edi.

Ozodlik gaplashgan yaqinlari, qamoqdan chiqqandan keyin Shuhrat Nosirovning "hech kimga qo‘shilmay, osuda" hayot kechirib kelganini bildirdi.

Sud jarayoni dekabr oyi oxiriga qadar davom etishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG