Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2019, Тошкент вақти: 06:58

O‘zbekistonni tark etgan imom: "Mirziyoev aytadi, ammo davlat odamlari diniy erkinliklarni xohlashmaydi" (VIDEO)


Toshkent shahridagi "Omina" jome masjidi sobiq imomi Fazliddin Parpiev

O‘zbekiston Bosh prokuraturasida "Omina" masjidining sobiq imomi Fazliddin Parpievga nisbatan "jinoiy ta’qib mavjud emas".

Bosh prokuratura ayni ma’lumotni 32 yashar Fazliddin Parpiev O‘zbekistonni tark etganini e’lon qilgan kuni tarqatdi.

19 dekabrda Parpiev “Facebook”orqali videomurojaat bilan chiqib, xotini va ikki yosh farzandi bilan O‘zbekistondan chiqib ketishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi.

- Yurtni tark etib, chiqib ketdim. Shunga majbur bo‘ldim. Ishoralar, ba’zi bir narsalar .. Orqaga qarab umid qiladigan narsa kamroq qoldi, ya’ni ko‘proq oldinga yurish kerak. Shu tinchroqligi ravshan bo‘lib qoldi. Jonimni saqlash, oilamni saqlash. Bo‘ldi bu yog‘iga mening qo‘limdan ko‘p narsa kelmaydi. Demak, men "Allohim o‘z himoyasiga olmasa qiyin bu yog‘iga" dedim va chiqib ketdim, - dedi bu chiqishida Fazliddin Parpiev.

Ozodlik sobiq imomi Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan "siyosiy postlar yozmaslik" haqida ogohlantirilishi ortidan O‘zbekistondan chiqib ketishga majbur bo‘lgani haqida xabar tarqatdi.

Bosh prokuratura Fazliddin Parpiev bilan, haqiqatan ham, "millatlararo va diniy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ xujjatlar talablari borasida suhbat o‘tkazildi", deya ma’lum qildi.

Prokuraturaga ko‘ra, bunday suhbatning o‘tkazilishiga Fazliddin Parpievning “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida “Soqol qo‘ysangiz ruschani ham o‘rganib oling” nomli maqolasiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bildirilgan xulosa asos bo‘lgan.

Xulosaga ko‘ra, "Mamlakatimizda ko‘p millat va elat istiqomat qilishini inobatga olinsa, bu kabi bir millatdan ikkinchisini ustun qo‘yish yurtimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlikka rahna solishi hamda yurtimizdagi ijtimoiy vaziyat va olib borilayotgan islohotlarga shubha bilan qarash, noxolis kayfiyatni uyg‘otish, aholi orasida tushunmovchiliklar keltirib chiqarishi mumkin."

Ammo, “Parpievga nisbatan jinoiy ta’qib mavjud emas, shu nuqtai nazardan uning mamlakat xududidan chiqishi masalasi nazoratimiz doirasida emas," deya bildirdi Bosh prokuratura.

Fazliddin Parpiev 7 sentabr kuni prezident Mirziyoevga videomurojaat bilan chiqib, O‘zbekiston huquq-tartibot organlarini fuqarolarining diniy erkinliklarini poymol etayotganlikda ayblagan va bir kun o‘tib ishdan haydalgan edi.

20 dekabrda Ozodlik O‘zbekistondan chiqib ketishga majbur bo‘lganini aytgan Fazliddin Parpievni videosuhbatga chorladi va undan dastlab Bosh prokuratura tarqatgan xabarga munosabatini so‘radi.

"Мирзиёев айтади, аммо давлат одамлари диний эркинликларни хоҳлашмайди"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:51 0:00

XS
SM
MD
LG