Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2019, Тошкент вақти: 21:15

Abdulla Aripov Karimovni ishsizlik va ayollar muammolariga e’tibor bermaganlikda aybladi


Abdulla Aripov

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalasida sobiq prezident Islom Karimov yuritgan siyosatni tanqid qildi.

Bu tanqid Abdulla Aripovning 22 dekabr kuni prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Xotin-qizlar qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasida qilgan ma’ruzasi paytida yangradi.

"… dangasa emish.."

Ozodlikka yetib kelgan audiotasmada Abdulla Aripov 50 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida¸ asosan¸ O‘zbekistondagi xotin-qizlarning bandlik muammolari va ularga yechim topish yo‘llari haqida gapiradi.

U O‘zbekiston hukumati xotin-qizlar muammolariga hozirga qadar yetarli e’tibor qaratmaganini e’tirof etdi¸ ayni paytda¸ Islom Karimov nomini tilga olgani yo‘q.

Ayni paytda¸ uning "dangasalar" iborasini tilga olgani Karimov siyosatiga ochiqcha e’tiroz bildirish sifatida qabul qilinmoqda.

- Ishlash uchun boshqa davlatga ketishi nima uchun? Chunki biz shu yerda sharoit qilib berolmaganmiz. Imkon qilib berilmagan. Topgan gapimiz shu bo‘ldi "chet elga ishlashga ketgan odam dangasa" emish. U holda, dangasa bo‘lmagan odamga mana shu yerda ish taklif qil. Keyin - bu boshqa gap, - deydi Abdulla Aripov jumladan.

Ислом Каримов: “Москвада кўча супураётган ўзбек – дангаса”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:11 0:00

2013 yil iyunida marhum prezident Islom Karimov Jizzax viloyatiga safari chog‘ida mehnat muhojirlarini "dangasalar" deb atagan edi.

- Dangasalar hozir O‘zbekistonda kamdan kam. Endi dangasalar deb kimni hisoblayman, mana Moskvaga borib ko‘chalarni, maydonlarni supuradiganlarni. O‘tda nima yo‘q, odam jirkanadiki o‘zbek millatidan shunaqa borib, o‘ziga bir burda non topish uchun o‘sha yoqqa borish kerak ekan. Ha, O‘zbekistonni o‘zida hech kim ochlikdan o‘layotgani yo‘q, baraka topgur!... Bunaqalarni dangasa deymanki, katta pul tezroq topish uchun u yoqqa borib sharmanda qiladi hammamizni, - deb aytgan edi Islom Karimov.

Ish o‘rinlari

Islom Karimov boshqaruvi davrida hukumat har yili 1 milliondan ish o‘rinlari yaratilgani haqida hisobot berib keldi.​

Ammo, Abdulla Aripovga ko‘ra, Karimov davrida ishsizlikka kurash e’lon qilgan "ayrim moliyachilar bitta shtat o‘rinni uch-to‘rttaga bo‘lib tashlagan”.

- To‘rtta, sakkiztaga bo‘lib, 10 ming, 20 mingdan oylik to‘lab, ro‘yxatda 8 ta ish joyi tashkil etildi. Qog‘ozda hammasi. Bunaqa bo‘lishi kerak emas. Ayollarga ish o‘rni yaratib berishda, u manzilli bo‘lishi kerak, - deb qo‘shimcha qildi Abdulla Aripov.

U ish o‘rinlari vakant qolayotganini aytgan mulozimlarni ham tanqid qildi:

- Taklif etilayotgan ishga yarasha malaka so‘ralayaptimi? Shunga yarasha oylik bormi? Tamg‘a qo‘yish oson, undan avval do‘ppini yechib o‘ylash kerak, - dedi Toshkent hukumati rahbari.

Amaliy qadamlar

Bosh vazirning ma’lum qilishicha, mamlakatda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash uchun hozirda "amaliy qadamlar" tashlanmoqda:

- Birgina joriy yilning o‘tgan davrida 43 ming yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2017 yilga nisbatan 30 foizga oshirildi. Bu esa o‘z navbatida aholi, ayniqsa xotin qizlar uchun yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga xizmat qilmoqda, - dedi Abdulla Aripov.

U har yili 350 ming nafarga yaqin xotin-qizlar mehnat bozoriga kirib kelayotganini bildirdi:

- Bu esa bandlik dasturlari orqali xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan ish joylarini ko‘paytirishni talab etadi. Xotin-qizlarning bandligini ta’minlamas ekanmiz¸ biz ularning muammolarini to‘laligicha hal eta olmaymiz, - deya tan oldi O‘zbekiston Bosh vaziri.

Abdulla Aripov ichki ishlar tizimiga ayol mutaxassislarni jalb qilish orqali bu tizimdagi korrupsiya ozaytirish mumkin¸ degan fikrni ham ilgari surdi:

- Endi ichki ishlar tizimida ayol kadrlarni ko‘paytirish maqsadida Ichki ishlar akademiyasiga qizlar uchun qabul kvotalarini oshirish masalasini ko‘rib chiqishimiz lozim. Hozir kechirasizlaru¸ kimning tavsiyasi bilan, qachon va qaysi mantiqqa asosan bu Ichki ishlar akademiyasiga 5 foizlik kvota qo‘yilgan? 24:06 – Ichki ishlar xodimlari ayollar ko‘paysa, men o‘ylaymanki,korrupsiyani ham bu soha vakillari orasida kamaytirishga olib keladi, - dedi 22 dekabr kungi yig‘ilishda Abdulla Aripov.

XS
SM
MD
LG