Линклар

Шошилинч хабар
09 май 2021, Тошкент вақти: 04:33

Bosh prokuratura yilning bosh nyusmeykeriga aylandi; Ozodlik bilan konstruktiv hamkorlik qildi


Bosh prokuratura mulozimi Surayyo Rahmonovaning 24 dekabr kungi taqdimotida xorijiy axborot vositalari bilan hamkorlik ham tilga olindi.

24 dekabr kuni Toshkentdagi “Taraqqiyot strategiyasi” markazida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi mulozimlari 2018 yil davomida amalga oshirilgan muhim ishlar to‘g‘risida jamoatchilikka hisob berdi.

Qonunchilik ijrosini ta’minlash bo‘yicha mamlakatning bosh organi taqdimotida¸ axborot vositalari¸ xususan¸Ozodlik kabi xorijiy axborot vositalari bilan yil davomida qilingan konstruktiv hamkorlik ham alohida tilga olindi.

Mazkur tadbirda Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi rahbari Surayyo Rahmonova o‘z bo‘limi tomonidan 2018 yilda Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

24 dekabr kuni matbuot anjumanida Bosh prokuraturaning yuqori lavozimli mulozimlari¸ xususan¸ Bosh prokuror o‘rinbosari ishtirok etdi.
24 dekabr kuni matbuot anjumanida Bosh prokuraturaning yuqori lavozimli mulozimlari¸ xususan¸ Bosh prokuror o‘rinbosari ishtirok etdi.

2018 yilning may oyida Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi rahbarligiga tayinlangan yuridik fanlari doktori Surayyo Rahmonova taqdimotida aytilishicha¸ yil davomida prokuratura organlari tomonidan “jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida” ommaviy axborot vositalarida jami 20 ming 263 ta chiqish qilingan¸ qonunchilikni targ‘ib qilishga qaratilgan 111 391 ta tadbir amalga oshirilgan.

Yil yakunlarida keltirilgan raqamlarga ko‘ra¸ 2018 yil davomida ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar bo‘yicha Bosh prokuratura boshqa davlat tizimlaridan ilgarilab ketgan – matbuotda 6226 ta¸ radioda 5383 ta¸ televidenie orqali 8163 ta¸ elektron axborot tizimi orqali esa¸ 491 ta chiqish uyushtirgan.

Bu chiqish va tadbirlarda asosiy e’tibor korrupsiyaga qarshi kurash¸ giyohvandlikning oldini olish¸ davlat dasturlari va xotin-qizlarga oid qonunchilik ijrosiga qaratilgan.

Коррупцияга қарши кураш бўйича Бош прокуратура видеоролиги
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:13 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistondagi ayrim mustaqil axborot kanallari¸ Bosh prokuratura axborot-tahlil xizmati ishini “butun boshli milliy televidenie qilayotgan ishdan yaxshiroq”¸ deya baholadi.

24 dekabr kungi chiqishida Surayyo Rahmonova “Bosh prokuratura tomonidan xorijiy elektron ommaviy axborot vositalari”¸ xususan¸ Ozodlik¸ BBC O’zbek, Reuters, RT, Sputnik¸ RIANovosti va ItarTASS kabi agentliklar bilan konstruktiv hamkorlik amalga oshirilayotgani”ni tilga oldi.

Ozodlik kuzatishlari bo‘yicha¸ 2018 yil mobaynida Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi nafaqat mahalliy¸ balki xorijiy axborot vositalari¸ xususan¸ Ozodlik radiosi bilan konstruktiv hamkorlik sohasida O‘zbekistondagi etakchi davlat tizimiga aylandi.

Facebook, Instagram va Telegram tarmoqlarida o‘z axborot-tahlil kanalini yuritayotgan Bosh prokuratura matbuot xizmati 2018 yil davomida prokuratura organlari faoliyatiga oid Ozodlik o‘rganayotgan yangiliklar¸ shuningdek¸ aholidan Ozodlikka kelgan shikoyat va arizalarga Telegram kanali orqali tezlik bilan¸ aksar hollarda sanoqli soatlar ichida javob qaytarib keldi.

Xususan¸ 2018 yil davomida Bosh prokuratura matbuot xizmati Ozodlikning 100 dan oshiq murojaatiga javob berdi¸ Ozodlikda yoritilgan yangilik va shikoyatlarga aniqlik kiritdi¸ ayrim hollarda rasmiy raddiya berdi.

Mazkur bo‘lim yilning eng shov-shuvli voqealari – sobiq Bosh prokuror Rashitjon Qodirov¸ Toshkent shahar prokurorining sobiq 1-o‘rinbosari Mirag‘lam Mirzaev¸ MXX sobiq polkovnigi Nodir To‘raqulov¸ Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligi rahbarlarining hibsga olinishi va ular ustidan ochilgan jinoyat ishlari¸ shuningdek Kattaqo‘rg‘on IIBda o‘g‘irlikda gumonlangan ayolning tahqirlanishi bo‘yicha Ozodlik e’lon qilgan ma’lumotlarni tasdiqladi va bu ishlarga oid tergov siri nuqtai-nazaridan cheklangan bo‘lsa-da¸ rasmiy ma’lumotni jamoatchilikka taqdim qildi.

Ozodlik maqolalari¸ qolaversa¸ Sizdan Telegram kanalida yoritilgan o‘nlab muammolar yil davomida Bosh prokuratura nazoratiga olindi¸ ko‘p hollarda muammolar o‘z ijobiy yechimini topdi.

Xorijiy axborot vositalari¸ xususan¸ Ozodlik bilan tezkor konstruktiv hamkorlikni 25 dekabr kuni sharhlagan Surayyo Rahmonova:

- Bu nafaqat matbuot xizmatining, balki prokuraturada ish yuritish yuzasidan rahbariyatning munosabati natijasi, imkon va sharoit bo‘lmasa¸ tashabbusning o‘zi kamlik qiladi¸ dedi jumladan.

Prezidentning davlat tizimlari va amaldorlaridan xalq oldida hisob berish¸ jurnalistlar savollaridan qochmaslik va eskicha ish uslubini isloh qilishni talab qilayotganiga qaramay¸ O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari¸ ayniqsa Ozodlik savollariga javob berishdan qochayotgan idora va amaldorlar hamon ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Xususan¸ Davlat xavfsizlik xizmatining hozirga qadar na rasmiy sahifasi¸ va na ommaviy axborot vositalari vakillari bog‘lanishi uchun berilgan rasmiy kontakt imkonlari mavjud.

Qator vazirlik va idoralar¸ xususan¸ viloyat va tuman hokimliklarining aksar mulozimlari Ozodlikning o‘zbekistonliklar nomidan berilgan savollarini oxirigacha eshitib-eshitmay suhbatni uzib qo‘yish a’anasini 2018 yilda ham davom ettirdilar.

XS
SM
MD
LG