Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2021, Тошкент вақти: 05:54

$400 000 pora olayotib qo‘lga tushgan hokim o‘z "akaxonlar"iga qarshi ko‘rsatma bermoqda


Sobiq hokim Baxtiyor Abdusamatov

Toshkent shahar Yunusobod tumani sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov ustidan ochilgan jinoyat ishi doirasida shu kungacha 400dan ortiq guvox so‘roq qilingan.

Bu haqda Ozodlikka tergov hujjatlari bilan tanishgan amaldor va jinoyat ishida guvoh sifatida qatnashayotgan huquqbon Shoira Sodiqbekova ma’lum qildi.

43 yashar Baxtyor Abdusamatov sarmoyadorga yer maydoni ajratib berish evaziga 2018 yilning 7 sentabrida 400 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotgan payti DXX tarafidan qo‘lga olingan edi.

Ularning aksari Abdusamatovga turli miqdorda pora berganini e’tirof etgan.

Jinoyat ishida guvoh sifatida qatnashayotgan Shoira Sodiqbekova Ozodlik bilan suhbatda Yunusobod tuman hokimligida pora olish "tizim sifatida faoliyat yuritgan"ini aytib berdi.

Tergovga yaqin mulozimning Ozodlikka aytishicha¸ xalq orasida gvardeyskiy deb yuritiladigan Yunusobod tumanidagi DXX tergov izolyatorida saqlanayotgan sobiq hokim o‘z "akaxonlari"ga qarshi ko‘rsatma bermoqda.

"Strelka"

Ismi oshkor etilsa javobgarlikka tortilishidan qo‘rqqan mulozim so‘zlariga ko‘ra¸ Abdusamatov o‘zi hokim bo‘lgunga qadar bevosita unga rahbarlik qilgan yoki qarindoshi bo‘lgan yuqori amaldorolarga qarshi ko‘rsatma bermoqda.

Baxtiyor Abdusamatov prezident administratsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan Zelimxon Haydarovning singlisiga kuyovdir.

Tergov hujjatlari tafsilotidan xabardor mulozim iddaosiga ko‘ra¸ o‘tgan yilning 7 sentabrda Baxtiyor Abdusamatov pora bilan ushlanganda voqea ishtirokchilari bir necha kishi bo‘lgan:

Ular uyushgan tarzda pastdan pora olib tepaga uzatish tizimini yaratishgani tergov jarayonida o‘z tasdig‘ini topmoqda,” dedi u.

200 dollardan yarim milliongacha

Ayni jinoyat ishida guvoh sifatida so‘roq qilingan toshkentlik huquqbon Shoira Sodiqbekova Yunusobod tuman hokimligi mutasaddilari uy-joy muammosini hal qilish uchun undan 200 dollar pora so‘raganini ma’lum qildi.

Shoira Sodiqbekova Yunusobod hokimiga pora berganlik masalasida Davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari tomonidan so‘roq qilingan 400dan ko‘proq guvohning biridir.

Tergovga yaqin mulozimning Ozodlikka iddao qilishicha¸ besh ming dollardan ko‘proq summadagi porani sobiq hokimning o‘zi olgan.

Pastroq summadagi poralar boshqa mulozimlar orqali olingan.

Bu iddaolarning rasmiy tasdig‘i Ozodlikda yo‘q.

Prezident tanqidi nishoni

Abdusamatov 2017 yilning 11 aprelida prezident rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hayfsan olgan edi.

Bundan oldin Shavkat Mirziyoev 2017 yil yanvar oyidagi hukumat yig‘ilishida Abdusamatovni "oyog‘i yerdan uzilgan noinsof" deb atagan edi.

Baxtiyor Abdusamatov 2017 yilning 18 aprelida Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlangan edi.

Hokim etib tayinlangunga qadar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining o‘rinbosari hamda Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi sifatida ishlagan.

Baxtiyor Abdusamatov 1996 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2003 yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

"Go‘zallik dushmani"

Bor yo‘g‘i 6 oydan ozroq Yunusobod hokimi bo‘lib ishlagan paytda Abdusamatov mahalliy aholi va Madaniyat vaziri tanqidiga nishon bo‘ldi.

Aynan uning buyrug‘i bilan 2018 yilning iyul oyida Yunusobod tumanidagi uy ën devoriga Fransiyada tug‘ilib, SSSRda ishlagan taniqli aka-uka rassomlar Petr va Nikolay Jarskiylar tarafidan 1966 yili yaratilgan mozaika asari o‘chirtirib tashlangandi.

"Hokim qilar to‘s-to‘s¸ vazir qilar o‘ttiz"

Hokim qamalishidan 10 kun o‘tib Bosh vazir Abdulla Aripov Yunusobod tumani hokimining "Matonat" mahalla guzari binosi qurilishi uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi.

Bosh vazir bu haqda Toshkent shahrida qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan 25 sentabrdagi sayyor yig‘ilishda e’lon qildi.

Xozirgi paytda guzarda qurilish ishlari to‘xtatilgan va uning o‘rniga bolalar maydonchasi barpo etilgan.

Poraxo‘r hokimlar paradi

Kechgan 2018 yilda turli lavozimdagi mansabdorlar, xususan, viloyat, tuman, shahar hokimlar va hokim o‘rinbosarlarining pora bilan qo‘lga tushishi kuzatildi.

Respublika Bosh prokuraturasi bergan ma’lumotga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida mansabdorlarga pora berish bilan bog‘liq 1700dan ortiq jinoiy ish ochilgan va 2,5 ming nafarga yaqin shaxs javobgarlikka tortilgan.

XS
SM
MD
LG