Линклар

Шошилинч хабар
25 октябр 2020, Тошкент вақти: 16:32

Manafort so‘rov ma’lumotlarini Rossiya maxsus xizmatlariga bergani aytilmoqda


Pol Manafort

AQSh sudiga berilgan yangi ariza prezident Donald Tramp saylovoldi shtabining sobiq rahbari 2016 yilgi kampaniya vaqtida o‘tkazilgan so‘rov ma’lumotlarini rus-ukrain kishisiga berganini ko‘rsatmoqda. AQSh razvedka xizmatlari o‘sha kishini rus josuslik xizmatlariga aloqadorlikda gumon qilmoqda.

Arizani Pol Manafortning advokatlari – ehtimol xato sabablidir – 8 yanvarda berdi, chunki federal jyuri Manafortni aybdor deb topgan, u Ukraina siyosatchilari va biznes manfaatlari uchun qilgan ishlari bilan bog‘liq fitna bo‘yicha ayblovlarni tan olgan edi.

Ariza maxsus prokuror Robert Myuller ayblovlarni e’lon qilgandan so‘ng berildi. U Rossiya amaldorlari bilan Tramp yordamchilarining ehtimol tutilgan hamkorligini tergov qilmoqda. Myuller qo‘l ostidagi prokurorlar Manafortni hamkorlik qilishga rozi bo‘lgandan so‘ng o‘zlariga yolg‘on gapirganlikda gumon qilmoqda.

Manafortning advokatlari u hakamlar kengashi va porokurorlar bilan uchrashuvlari chog‘ida “imkon qadar to‘liq va haqiqiy ma’lumot bergani”ni aytdi.

Advokatlarning yozishicha, Manafort go‘yo Konstantin Kilimnik bilan aloqalari xususida prokurorlarni chalg‘itgan. Manafort Ukrainaning “Mintaqalar partiyasi”ga maslahatchilik qilayotganda Kilimnik unga yordamchi bo‘lgan.

Yana advokatlar Manafort “2016 yilgi prezident saylovi kampaniyasiga tegishli so‘rov ma’lumotlarini bergani”ni ham yozdi.

So‘rovlar haqidagi axborotda saylovoldi kampaniyasi haqidagi ma’lumotlar bor-yo‘qligi va u qachon uzatilgani arizada ko‘rsatilmagan. Lekin ma’lumotlarda ruslarga AQSh saylovi haqidagi ichki axborot berilgan bo‘lishi mumkin.

Arizaning boshqa bir qismida Manafortning advokatlari Kilimnik bilan “bir necha marta” u “Ukrainaning tinchlik rejasini muhokama qilgan bo‘lishi mumkinligi” aytiladi.

Kilimnik 2017 yil fevralida “Ozodlik” radiosiga bergan intervyusida Manafort maslahat bo‘lib turganda, jumladan, taklif etilgan tinchlik rejasi bo‘yicha ko‘p ish qilganini, ammo bu ishga Manafort aralashmaganini aytgan edi, ammo 8 yanvarda sudga berilgan ariza ushbu iddaoni rad etdi.

Manafort Trampning saylovoldi kampaniyasiga 2016 yil martda qo‘shilgan edi. Lekin avgust oyida Ukraina rasmiylari uning “Mintaqalar partiyasi” uchun qilgan ishlari ro‘yxatini e’lon qilgandan so‘ng ishdan bo‘shatildi.

Yana bank qallobligi va Ukrainada ishlagan vaqtida soliq to‘lamagani uchun Virjiniya sudi avgust oyida uni aybdor deb topgan edi.

Manafort keyinchalik Vashington shahrida qaytadan sudga tortilmaslik uchun fitnaning ikkita bandi yuzasidan alohida ish bo‘yicha aybini bo‘yniga oldi.

U iyun oyidan beri qamoqda o‘tiribdi.

Prokurorlarga ko‘ra, Manafort bilan Kilimnik Myuller yuritayotgan ish bo‘yicha potentsial guvohlar bilan aloqaga chiqib, ular so‘roq qilinsa, nima deyish kerakligini aytmoqchi bo‘lgan. Bu federal qonunlar bo‘yicha jinoyat sanaladi.

Manafortga 8 fevralda Virjiniyada, 5 martda esa Vashington shahrida sud hukmi o‘qilishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG