Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:51

Xorazmda xavfli binoda yashayotgan 11 xonadon masjidga ko‘chirilmoqda


Xazorasp tumanidagi Nurli yo‘l ko‘chasidagi uy
Xazorasp tumanidagi Nurli yo‘l ko‘chasidagi uy

Xorazm viloyat, Xazorasp tumanida uylari buzilib, vaqtincha sobiq harbiy komissarlik binosida yashayotganlarni foydalanilmay yotgan ikkita masjid binosiga ko‘chirish boshlandi.

Ko‘chirilayotgan oilalar ilgari masjid bo‘lgan binolarning qabristonga qo‘shni ekanligini aytib, ko‘chishni istamayapti.

Hokimiyat mulozimiga ko‘ra, tashlandiq binoda yashaydigan 6 xonadon ko‘chirilgan va 11 xonadon ham shu hafta oxirigacha ko‘chiriladi.

Ko‘chirilayotgan oila bekasi, Xazorasp tuman Nurli yo‘l ko‘chasida yashovchi ayolning Ozodlikka aytishicha¸ ular ko‘chishga majburlanayotgan binolar qabriston yonida bo‘lib 90- yillarda masjid bo‘lgan.

- Bu binolar masjid bo‘lgan. Ichiga tobut qo‘yilib, janoza o‘qilgan. Shunday binoda yashashga qo‘rqamiz. Yana qabristonga qo‘shni bino u.

Xazorasp tuman hokimligining o‘zini "kapital qurilish bo‘limi xodimi", deb tanishtirgan mulozimining 10 yanvar kuni Ozodlikka bildirishicha¸ aholi ko‘chirilayotgan binolar masjid sifatida qayd qilinmagan:

- Binolar xokimlik balansida bitmagan imorat sifatida turibdi. Shu binolarni remont qilib, kam ta’minlangan oilalarga uy-joy qilib berdik. Bu oilalar hozir yashayotgan eski voenkomat binosi avariya holatida. Shu bois ularni ko‘chirishga majburmiz.

Xazorasp tumanidagi bino
Xazorasp tumanidagi bino

Xazorasp tumanidagi Sharof Rashidov mahallasida tashlandiq harbiy komissarlik binosida yashayotgan 33 yashar D. M. (ismi aytilishini istamadi-tahr.) Ozodlik bilan suhbatda qabriston yaqinida yashashni istamasligi va tuman markazidagi namunali uylardan biri uchun bergan arizasi inobatga olinmaganligini aytdi:

- Men asli tuman markazida O‘zbekiston ko‘chasida yashardim. Hokim yo‘lni kengaytiraman deb uyimni buzdi. O‘rniga tagi magazin, usti esa turar-joy bo‘lgan ikki qavatli binolar qurildi. Bizga o‘sha uylardan beramiz degan va’da bilan temir yo‘lning naryog‘idagi voenkomatning eski binosiga olib kelib joylashtirishdi. Endi qabristonga ko‘chirmoqchi. Buni istamayman.

Uyi buzilib vaqtincha harbiy komissarlik binosida yashayotgan ayol namunali uy berishini so‘rab prezidentga yozgan arizasi inobatga olinmaganinidan zorlandi:

- Namunali uy bering, deb prezident qabulxonasiga ariza yozsam, hokimlikdan kelib sizni masjid binosiga ko‘chiramiz deyishdi. Masjid binosining ichini remont qilib majburan ko‘chirmoqchi. Bu masjid qabristonning ichida ekan. Yosh bolalarim qo‘rqadi qabristondan men ham qo‘rqaman.

Xazorasp tuman hokimligi mulozimiga ko‘ra¸ o‘tgan asrning 90- yillarida tuman hududidagi qabristonlar yonida masjid sifatida qurilgan ikki bino obod mahalla dasturi asosida ta’mirlangan:

- Siz aytgan oilalar irim qilib bu binoga ko‘chmasa boshqasini beramiz. 9 yanvar kuni xodimlarimiz Rashidov mahallasidagi avariya uyda yashaganlar bilan uchrashdi. Ularga avariya uyda yashash mumkin emasligi tushuntirildi.

XS
SM
MD
LG