Линклар

Шошилинч хабар
07 май 2021, Тошкент вақти: 01:00

Xitoy olimlari Oyda ekkan paxta urug‘i o‘sib chiqdi


Oyda unib chiqqan paxta ko‘chati.

Seshanba kuni Xitoy oyga yuborgan stansiya bortidagi paxta urug‘i o‘sib chiqqanini va o‘sishda davom etayotganini e’lon qilindi.

Paxta joriy oy boshida Oyga yuborilgan Chang'e 4 (Chan’e-4) stansiyasi bortidagi idish ichida o‘smoqda. Tarixda ilk marotaba fazoda o‘sayotgan o‘simlik suratlarini Chunsin universitetining Murakkab texnologiyalarni o‘rganish instituti e’lon qildi.

Ushbu ilmiy tajriba uyushtiruvchilaridan biri:

- Bu Oy sathida insonlar o‘tkazgan ilk biologik o‘stirish eksperimentidir, - dedi.

Xitoy oy xudosi nomi berilgan Chang'e 4 stantsiyasi 3 yanvar kuni oyning orqa tomoniga qo‘ndirilgan ilk stantsiya bo‘ldi.

“Mini oy biosferasi“ tajribasini ishlab chiqqan Chunsin universiteti xodimlari stansiya bortida 18 sm uzunlikdagi chelaksimon idishda havo, suv, va tuproq yuborishgan.

Idish ichida paxta, kartoshka, xantal o‘simligining bir turi, drozofila pashshasi tuxumlari hamda xamirturush ham bor.

Stansiya yuborgan suratlar nish urgan paxta yaxshi o‘sayotganini, ammo boshqa o‘simliklar unib chiqmaganini ko‘rsatadi.

Chang'e 4 Shvetsiya, Germaniya hamda Xitoy olimlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Oy sathi, kosmik radiatsiya hamda quyosh shamolining Yer yo‘ldoshi sathiga ta’sirini o‘rganishni ko‘zlaydi.

Stansiya o‘z bortida Yutu 2 (Yutu-2) deb nomlangan oyyurarni ham olib chiqqan. Oyyurar Karman kraterida tajribalar o‘tkazadi.

Xitoy Fazo agentligining ma’lum qilishicha, Oyga yana to‘rt missiya yuborish rejalashtirilgan.

Xitoy bir kun kelib Oyda tadqiqot markazini ochishga rejalashtirmoqda. Dushanba kuni agenilik bunday inshootni qurish uchun 3-D printer texnologiyasidan foydalanishi mumkinligi ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG