Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:30

Toshkentdagi Crafers shokolad fabrikasi ishchilari 12 soatlab ishlatilmoqda


2018 yilning 26 oktabrida qandolat fabrikasini borib ko‘rgan prezident Shavkat Mirziyoev 850 kishi uchun  ish o‘rni yaratilgani olqishlagan edi
2018 yilning 26 oktabrida qandolat fabrikasini borib ko‘rgan prezident Shavkat Mirziyoev 850 kishi uchun  ish o‘rni yaratilgani olqishlagan edi

Toshkentdagi Crafers qandolat fabrikasi ishchisi bir guruh ishchilar nomidan O‘zbekiston Mehnat kodeksida belgilangan 8 soat o‘rniga 12 soatlab ishlatilayotganidan Ozodlikka shikoyat qildi.

Qandolat fabrikasi vakili ishchilar belgilab qo‘yilgan vaqt me’yoridan ortiqcha ishlatilayotganini tan oldi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi mulozimiga ko‘ra¸ Crafers qandolat fabrikasi ishchilari kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lmagani bois, ularning huquqlarini himoya qilish imkoni cheklangan. Ozodlik suhbatlashgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mulozimi “O‘zbekiston hududida hodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emasligini” ta’kidladi.

12 soat tik oyoqda. Hojat 3 daqiqadan oshmasin

Ozodlikka shikoyat qilgan va ismi efirda aytilmasligini istagan qandolat fabrikasi ishchisi kuniga 12 soatdan tik oyoqda turib ishlayotganligini aytarkan, bunday dedi:

- 12 soat tik oyoqda turib ishlayapman. Tushlik uchun 15 daqiqa¸ kechroq biror narsa tamaddi qilishga 10 daqiqa ajratilgan. Bir kunda faqat ikki marta 3 daqiqa hojatxonaga kirishga izn bor. Bu reglamentni qo‘riqlov ximati xodimlari tekshirib yuradi. Charchadik desak, "yoqmasa katta ko‘cha, mingtasi ishga kiraman deb turibdi" deb aytdi.

Ishchilar shikoyati
Ishchilar shikoyati

​Ozodlikning Toshkentdagi mobil muxbiri Crafers qandolat fabrikasi ishchilari qatnaydigan avtobus jadvalini o‘rgandi.

Mobil muxbirga ko‘ra¸ fabrika avtobusi ishchilarni ertalab har kuni 07:20; 07:26; 07:30 da ishga olib keladi va 20:30; 20:35; 20:40 da qaytarib kutish bekatiga tashlab ketadi.

- Ertalab yetti yarimda avtobusga chiqqan ishchi kechqurun to‘qqizlarga yaqin ishdan qaytmoqda¸- deydi mobil muxbir.

Shokolad fabrikasi javobi

Ishchilar shikoyati yuzasidan Ozodlik Crafers qandolat fabrikasi ma’muriyati bilan bog‘landi. Fabrikaning o‘zini "xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha xodim", deb tanishtirgan vakili “Ishchilarning nenormirovanniy ishlashi vaqtincha. Fevral oyida 3 smena joriy qilinganidan keyin muammo barham topadi”, dedi.

2018 yil oktabr oyidan beri o‘tgan 4 oy davomida ishchilarning joriy qonunlarga zid tarzda 12 soatdan ishlatishga kim buyruq berdi, degan savolni fabrika vakili ochiq qoldirdi:

“Bu savolingizga xodimlar bo‘limi javob beradi. Sizga uning elektron adresini SMS qilaman”.

Xodimlar bo‘limi esa, Ozodlikka hech bir shaklda izoh bermadi.

Qonunga zid

Ozodlik 16 yanvar kuni suhbatlashgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mulozimi “O‘zbekiston hududida xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emasligini” ta’kidladi:

- Mehnat Kodeksining 115-moddasiga ko‘ra, xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati 7 soatdan, 5 kunlik ish haftasida esa, 8 soatdan ortib ketmasligi lozim.

Kasaba uyushma himoyasida emas

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mulozimi O‘zbekistonda ishlayotgan ishchilarning qonunda kafolatlangan huquqlarini kasaba uyushmasi muntazam himoya qilishini Ozodlik bilan suhbatda ta’kidladi.

Buning ortidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi mulozimi bilan bog‘landik. Mulozim Crafers qandolat fabrikasi ishchilari kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lmagani bois, ularni himoya qilish imkoni yo‘qligini aytdi.

Prezident nazariga tushgan fabrika

Toshkent shahridagi sobiq “Lak-bo‘yoq” zavodi o‘rnida tashkil etilgan “Amilov” fabrikasi (keyinchalik fabrika nomi Crafers deya o‘zgartirildi) 2018 yilning 5 oktabrda ishga tushirilgan edi. 2018 yilning 26 oktabrida ayni fabrikani borib ko‘rgan prezident Shavkat Mirziyoev 850 kishi uchun ish o‘rni yaratilganini olqishlagan edi.

Rasmiy matbuotda yozilishicha¸ 32 gektarlik hududda joylashgan korxona yiliga 50 ming tonnaga yaqin qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega.

XS
SM
MD
LG