Линклар

Шошилинч хабар
15 декабр 2019, Тошкент вақти: 03:06

Moskva sudi josuslikda ayblanayotgan amerikalik sobiq harbiyni ozod qilish so‘rovini rad etdi


AQSh sobiq dengizchisi Pol Vilan Moskvaga do‘stining to‘yiga kelgan paytda hibsga olingan.

Rossiya sudi AQSh vatandoshi Pol Vilanni garov evaziga ozod qilishni rad etdi va uni fevral oxiriga qadar Moskvada qoldirdi. Josuslikda ayblanayotgan amerikalikning Rossiyada sud qilinishi kutilmoqda.

Moskva shahar sudi 22 yanvarda chiqargan qarori bilan Vilanni 28 fevralga qadar dastlabki hibsda ushlab turish haqidagi quyi sud qarorini kuchida qoldirdi.

48 yashar Vilan sud binosiga olib kelinib, tinglov vaqtida metall qafasda ushlab turildi.

Uning rossiyalik advokati Vladimir Jerebnikov sud qarori ustidan apellyatsiya berishi va Vilanni ozod etishga harakat qilishini aytdi.

AQSh harbiy dengiz kuchlarining sobiq xizmatchisi Vilan yana Irlandiya, Kanada va Britaniya vatandoshi hamdir. U 28 dekabr kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) xodimlari tomonidan hibsga olingan edi.

Rossiya hokimiyat idoralari vakili Vilanning josuslik qilayotgan payt qo‘lga tushgani, sudda aybi isbotlansa, 10 yildan 20 yilgacha kesilishi mumkinligini aytdi. Jerebenkov Vilan o‘ziga qo‘yilayotgan ayblarni bo‘yniga olmayotgani, oilasi ham uning gunohsizligi va josus emasligi, Moskvaga do‘stining nikoh to‘yiga borganini aytayotganini bildirdi.

Rossiya hokimiyat idoralari Vilanga qo‘yilayotgan josuslik ayblovi tafsilotlarini ochiqlagani yo‘q. “Rosbalt” agentligining ismini oshkor etilmagan mulozimga tayanib yozishicha¸ Vilan Kreml yaqinidagi Metropol mehmonxonasida hibsga olingan. Bunga uning nomi oshkor qilinmagan Rossiya xavfsizlik agentligi xodimlari maxfiy ro‘yxatini USB-fleshkada olgani sabab bo‘lgan.

Jerebenkovning so‘zlaridan Vilanga bu USB-fleshka atay tashlab qo‘yilganini taxmin qilish mumkin.

Vilanning ukasi Devid 20 yanvar kuni uning advokatlariga to‘lash uchun mablag‘ yig‘ish kampaniyasini boshlaganini e’lon qildi.

Vilanning ushlanishi va qamoqqa olinishi Moskvaning G‘arb mamlakatlari, xususan, Qo‘shma Shtatlar va Britaniya o‘rtasidagi munosabatlari Rossiyaning Ukraina ichki ishlari va AQShdagi 2016 yilgi prezident sayloviga aralashuvi, sobiq rus josusi Sergey Skripal va qizining 2018 yil martida Angliyada zaharlanishi singari ko‘plab masalalar sabab sovuqlashib ketgan paytga to‘g‘ri kelmoqda.

XS
SM
MD
LG