Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:59

OzodDayjest: Nohaq qamalgan MXX xodimi adolat talab qilmoqda


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Ichki ishlar xodimlari bir yilda qancha jinoyat sodir etgani ma’lum qilindi. Tuhmat bilan qamalgan MXX xodimi uni nohaq javobgarlikka tortganlarni ham jazolashni so‘rayapti. O‘zbekiston futbol uyushmasi tizimdagi poraxo‘rlarni ogohlantirdi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

_____________________________________________________________

Vazir: Ichki ishlar idoralarini nopok xodimlardan tozalash davom etmoqda

2018 yilda ichki ishlar idoralari tizimida faoliyat yurituvchi 174 nafar xodim jinoyat sodir etgan (“Postda”, 19 yanvar). Bu haqda Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ma’lum qildi. Vazir ichki ishlar xodimlari tomonidan har qanday jinoyat sodir etilishini “favqulodda holat” deb atab, bu borada hali ko‘zlangan natijaga erishilmaganini tan olgan. Vazirga ko‘ra, egallab turgan lavozimida 5 yildan ortiq xizmat qilgan 346 nafar rahbar faoliyati tanqidiy o‘rganilib, 172 nafari lavozimidan ozod etilgan. Ta’kidlanishicha, tizimni nopok xodimlardan tozalash davom etmoqda.

Yuqori mansabdor bilan gap talashgan MXX xodimi nohaq qamalib ketgani ma’lum bo‘ldi

1992-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi MXX (hozirgi DXX) Farg‘ona viloyat boshqarmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan kapitan Mo‘’tabar G‘ofurova nohaq qamalgan (“Inson va qonun”, 22 yanvar). Qayd etilishicha, M. G‘ofurova MXXning viloyat boshqarmasi boshlig‘i bilan gap talashib qolgan va tuhmatga uchragan. Jinoiy ish ochilib, guvohlarni unga qarshi ko‘rsatma berishga majburlashgan. Harbiy sudning 2009 yil 23 dekabridagi hukmiga ko‘ra, M. G‘ofurova Jinoyat kodeksining 156-, 159- va boshqa moddalarida aybdor deb topilib, 7 yil muddatga ozodlikdan hamda 3 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etilgan. U jazo muddatining 5 yilini o‘tagach, amnistiya aktiga asosan ozodlikka chiqqan. Harbiy sud apellyatsiya hay’atining 2018 yil 29 mayidagi ajrimi bilan M. G‘ofurova butunlay oqlangan. “Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotganimda – 2014 yil 2 sentabrida mening dog‘imda kuygan onajonim Nurxon G‘ofurova vafot etdi. Men qamalganimda 10 yosh bo‘lgan va buvisining qo‘lida qolgan yakkayu yagona farzandim Farangiz Sobirjonovaning esa guldek bolaligi xazon bo‘ldi. Endi o‘zingiz ayting: bu yo‘qotishlarim va iztiroblar o‘rnini kam va nima to‘ldiradi? Qolaversa, Jinoyat kodeksining 230-moddasi va 231-moddasiga binoan meni nohaq javobgarlikka tortgan shaxslarning o‘zi qonun oldida javob berishmaydimi?” degan Mo‘’tabar G‘ofurova.

Yoshlar ittifoqidan pora talab qilgan futbol mansabdori qo‘lga olindi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi (PFL) mas’ul xodimi pora bilan qo‘lga olindi (“Darakchi”, 24 yanvar). Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Yoshlar ittifoqi tashkilotining “Ittifoq” jamoasi Pro-liganing “V” ligasida ishtirok etish uchun PFL mas’ul xodimi Rodion Kondratyevga litsenziya so‘rab murojaat qilgan. Futbol rasmiysi esa litsenziya evaziga 2500 dollar pora talab qilgan. R. Kondratyev Toshkentda poraning bir qismini olayotganda ushlangan. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bu holat mamlakat futboli rivojiga to‘siq bo‘layotgan poraxo‘r va tamagirlarga ibrat bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.

XS
SM
MD
LG