Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:15

AQShda 35 kun davom etgan "shatdaun" vaqtincha to‘xtadi


AQSh prezidenti Donald Tramp Kongress tomonidan qabul qilingan, qator idoralarning 15 fevralgacha vaqtinchalik byudjetini imzoladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Kongress tomonidan qabul qilingan, qator idoralarning 15 fevralgacha vaqtinchalik byudjetini imzoladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Kongress tomonidan qabul qilingan, qator idoralarning 15 fevralgacha vaqtinchalik byudjetini imzoladi.

Shunday qilib AQShda 35 kun davom etgan "shatdaun" to‘xtadi.

Xabarlarga ko‘ra, kelgusi uch hafta davomida uzoq muddatli byudjet bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, AQSh Senati shatdaunni 35 kunlik muddatga to‘xtatib qo‘yish uchun mo‘ljallangan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.

Qonun loyihasi bugungi kunda byudjetsiz qolgan vazirlik va idoralarni moliyalashtirishga mo‘ljallangan.

Hujjatda AQSh va Meksika orasida devor qurilishi uchun mablag‘ ajratish haqida aytilmagan.

Tramp AQSh va Meksika orasida devor qurilishi uchun 5,7 milliard dollar ajratilishi ko‘zda tutilmagan har qanday rejani imzolamasligini aytib kelayotgandi.

AQSh Kongressi Vakillar palatasida ko‘pchilikni tashkil etuvchi demokratlar devor qurish ma’nisizligini aytib, pul ajratishga mone’lik qilmoqda.

25 yanvar kuni Oq uyda qilgan chiqishida prezident Tramp erishilgan kelishim hukumat idoralarini 15 fevralgacha moliyalashni nazarda tutishini aytdi.

Prezidentga ko‘ra, davlat idorasi xodimlari "shatdaun" davridagi kunlari uchun ham maoshlarini to‘liq olishlarini ta’kidladi.

Prezident Tramp o‘z chiqishida Meksika va AQSh orasida po‘lat devor qurishdan boshqa tanlov yo‘q, deb aytdi.

"Agar Kongress bilan bu borada adolatli kelishuvga erishmasak 15 fevraldan hukumat ishi yana to‘yxtaydi yoki men Konstitutsiya bergan vaklatdan foydalanaman", - dedi Tramp.

Eng uzoq davom etgan "shatdaun"

Amerika hukumati ishi 2018 yil 22 dekabrdan to‘xtagan edi. Bunga prezident Donald Tramp taklif etayotgan Meksika va AQSh orasida devor qurish loyihasini moliyalash bo‘yicha respublikachilar va demokratlarning kelisha olmayotgani sabab bo‘ldi.

12 yanvar kuni “shatdaun” rekord darajaga yetdi va oldingi 21 kunlik ko‘rsatkichdan oshdi.

Bill Klinton prezident bo‘lgan 90-yillarda hukumat faoliyati 21 kun to‘xtab qolgan, 800 mingga yaqin davlat xizmatchisi yo ishlamagan, yoki maoshsiz ishlagan edi.

Demokratlar Trampning o‘tgan yili moliyalash to‘g‘risidagi ikki partiya taqdim etgan qonun loyihasini “jahl qilib” imzolamagani, bunga u qurmoqchi bo‘layotgan devor xarajatlari qo‘shilmagani sabab bo‘lganini aytmoqdalar.

Tramp esa devor Qo‘shma Shtatlarga Meksikadan noqonuniy immigrantlar va narkotiklar oqimini kamaytirish uchun zarur, demoqda.

Demokratlar va boshqa tanqidchilar mamlakat chegarasiga bunday to‘siq kerakligiga shubha qiladi, hatto uni butunlay keraksiz, deb hisoblaydi.

XS
SM
MD
LG