Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:55

Afg‘onistonlik tadbirkor: bojxonachilar chegarada soatlab kuttirmoqda


Tojik-afg‘on chegarasi (Illyustrativ surat)
Tojik-afg‘on chegarasi (Illyustrativ surat)

O‘zbek-afg‘on chegarasidan qatnab, 9 yildan buyon savdo qilishini aytgan asli afg‘onistonlik tadbirkor o‘zbekistonlik bojxonachilarning harakatlaridan shikoyat qildi.

Uning OzodMikrofon rukniga arz qilishicha, o‘zi kabi 50dan ortiq haydovchi qariyb bir oydan buyon asossiz ravishda chegarada 3-4 soatga to‘xtatilmoqda, buning sababi esa izohlanmayotir.

Ismini oshkor etishni istamagan 36 yashar tadbirkorning iddao qilishicha, o‘zbekistonlik bojxonachilarning keyingi paytda kuchayib borayotgan tekshiruvi va soatlab kuttirishi, uning kabi savdo bilan shug‘ullanuvchi kichik tadbirkorlarning ishini og‘irlashtirgan.

Uning aytishicha, o‘zbek-afg‘on chegarasidan 2 kilometr naridagi - Mozori Sharif bozorida oziq-ovqat va maishiy texnika buyumlari O‘zbekistondagidan bir necha barobarga arzon va shu bois, aksar haydovchilar chegara orqali tovar va odam tashib, tirikchilik qiladi.

- Menga o‘xshab, kundalik ravishda savdo uchun yoki kirakashlik uchun chegaradan qatnaydigan 60 ga yaqin haydovchi bor. Ularning ichida afg‘onistonliklar ham ko‘p. Hammasi mening gaplarimni tasdiqlaydi: bir oycha bo‘lib qoldiki, bizni kuniga soatlab kuttirishayapti, soat kunduzgi 1da kelsak, kechki 6-7ga qadar chegarada qolib ketayapmiz. Sababini so‘rasak, bojxonachilar: "bizga ishimizni o‘rgatmanglar, borib kutinglar", deydi, - deya shikoyat qildi ismini aytishni istamagan afg‘onistonlik haydovchi.

Quyida bu 9 yildan buyon Surxondaryoda yashayotgan afg‘onistonlik kichik tadbirkor bilan suhbatni tinglang:

Афғонистонлик тадбиркор: ўзбек божхоначилари чегарада соатлаб куттирмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:59 0:00
Бевосита линк

* * * * * * * * * * * * * * * * *
“Erkin mikrofon” rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG