Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:05

Xalq qabulxonalariga uyma-uy yurib, muammoni hal qilish vazifasi yuklandi (VIDEO)


Xatirchi tumanidagi Xalq qabulxonasi
Xatirchi tumanidagi Xalq qabulxonasi

2019 yilning 1 fevralidan Xalq qabulxonalari uyma-uy yurib, aholi muammolarini aniqlash va hal qilishni boshlaydi. O‘zA agentligi bergan xabarga ko‘ra, bunday tartib prezident Mirziyoevning shu yil 17 yanvardagi qarori bilan yo‘lga qo‘yiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoev 2019 yilning 17 yanvarida “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi.

O‘zA agentligining xabar qilishicha, mana shu farmonga muvofiq, 1 fevraldan boshlab, davlat organlari aholi bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi yangi tizimni yo‘lga qo‘yadilar. Ya’ni, poytaxt va viloyatlardagi Xalq qabulxonalari boshchiligidagi davlat organi vakillari uyma-uy yurib, har bir oila muammosini aniqlash va hal qilishni boshlashi lozim.

Rasmiy xabarda aytilishicha, shu kunda respublikadagi xalq qabulxonalari rahbariyatlari prezident ma’muriyati tomonidan Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan 5 kunlik malaka oshirish o‘quv kurslarida o‘qitilmoqda.

Bu o‘quv kurslari "Xalq qabulxonalari instituti faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishdagi yana bir muhim qadam" sifatida baholanmoqda.

"Bundan tashqari, ishchi guruh jamoani shakllantirish va uning samarali ishlashini tashkil qilish, taym-menejmentni amalda qo‘llash, har bir soniyadan unumli foydalanish kabi mavzularga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Bundan buyon davlat organlari Xalq qabulxonalari boshchiligida o‘zlari mas’ul bo‘lgan hududlarda mahallama-mahalla, ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy yurib, har bir xonadon, oila muammolarini o‘rganib, ularni hal qilish choralarini ko‘radi", deb xabar qildi axborot agentligi.

Xalq qabulxonalari - prezident Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan tashkil qilingandi.

Shundan so‘ng respublikaning turli viloyatlaridan Ozodlikka kelgan xabarlarda ko‘proq aholining qabulxonalar ishidan qoniqmayotgani, qabulxonalar esa aholi murojaatlari va e’tirozini, odatan, e’tiborsiz qoldirayotganini kuzatish mumkin bo‘ldi.

Xususan, prezident Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasi saytida, aholi murojaatlarining asosiy qismi, ya’ni 51 foizi onlayn shikoyat yo‘llash usuli bilan shaxsan prezidentga yo‘llangani, murojaatlarning 44 foizi telefon orqali, faqat 4 foizi mahalliy hokimliklardagi Xalq qabulxonalariga bo‘lgani aytilgan edi. (2017 yil, aprel oyidagi ma’lumot)

Quyida bu borada Ozodlik yoritgan ayrim maqolalarning sarlavhalarini havola qilamiz:

- SURXONDARYo – “Xalq murojaatlari – hokimlik hojatxonasida!”

- Prezidentning "Xalq qabulxonasi" vakili pora olayotganda qo‘lga tushdi;

- JIZZAX – "Xalq qabulxonasiga yig‘lab borsam, ho‘ngrab chiqdi...";

- Samarqandda rahbarlar xalq murojaatiga e’tiborsizlik va sansalorlikka yo‘l qo‘ymoqda;

- "Xalq qabulxonasi"ning xalqqa aytar gapi - “Bilgan joyingizga boring!”

XS
SM
MD
LG