Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2019, Тошкент вақти: 18:57

Tojikiston militsiyasi formasini o‘zgartirmoqda. Generallar bir necha ming dollarlik kiyim kiyadi


Tojik generallari

Tez orada tojik militsiyasi xodimlari formasi o‘zgaradi. 2018 yil yozida Tojikiston Ichki ishlar vazirligi huquq-tartibot idoralari xodimlari formasi uchun dizaynerlar va tikuvchilik fabrikalari o‘rtasida tanlov e’lon qilgan edi. Bu haqda Ozodlik radiosi tojik xizmati xabar qildi.

Ichki ishlar vazirligining 26 yanvar kuni ma’lum qilishicha, tanlovga qo‘yilgan barcha variantlar shu yilning martida tasdiqlash uchun mamlakat prezidenti Emomali Rahmonga taqdim qilinadi.

Huquq-tartibot va kuch ishlatish salohiyatiga ega idoralar xodimlari uchun liboslarga davlat byudjeti hisobidan buyurtma beriladi. Yuqori lavozimli zobitlar liboslar uchun o‘zlari buyurtma beradi va buning uchun o‘z hamyonlaridan haq to‘laydi. Generallarning liboslarini tikish bilan odatda eng mohir tikuvchilar shug‘ullanadi.

So‘g‘d viloyatida faoliyat yurituvchi shaxsi oshkor qilinishni istamagan tadbirkorning aytishicha, uning korxonasi yuqori lavozimli zobitlar uchun faqat bosh kiyimlarni tikadi, oddiy zobit va askarlar uchun esa liboslar tikadi. «Generallar o‘zlarining kitel va shimlarini xorijiy atelye va fabrikalarda tiktirishadi», - dedi tadbirkor.

Suhbatdoshlarning so‘zlariga qaraganda, generallar o‘zlarining garderoblarida kamida to‘rtta kiyim formasiga ega: kundalik, parad (pushti - kulrang kitel va moviy rangli shim) – bu liboslarda generallar tantanalarda, tadbirlarda, teatr va restoranlarda bo‘lishadi, shuningdek, harbiy mashqlar vaqtida kiyadigan maydon liboslari bo‘ladi.

Tojik generallari uchun kiyim formasini Moskvadagi Liliya Kim atelyesi tikishi ma’lum bo‘ldi. Generallarning o‘lchovini shaxsan olayotgan atelye rahbari Oleg Petrovning aytishicha, bitta mundirni tikish uchun o‘zi va ustalar Dushanbega ikki marta kelishga majbur bo‘ladi.

«General kiyim formasiga buyurtma berar ekan, yo‘l harajatlarini ham o‘z zimmasiga oladi. Men uchib boraman, o‘lchovlarni o‘lchab, ortga qaytaman. Atelyeda o‘lchov bo‘yicha libos namunasini tayyorlaymiz va bizning usta Dushanbega borib yana o‘lchab qaytadi. Shundan keyingina formani tikamiz va buyurtmachiga tayyor mundirni yuboramiz», -dedi atelьe rahbari.

Uning so‘zlariga qaraganda, ularning asosiy mijozlari – generallardir, kundalik general formasining narxi taxminan 100 ming rubl (1500 dollarga yaqin), ayrim hollarda 250 ming rublni (3,7 ming) tashkil qiladi.

XS
SM
MD
LG