Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2020, Тошкент вақти: 12:55

Buxoro xokimi muovini YuNESKO iznisiz bitta g‘ishtni ham almashtirmaslikka va’da berdi


Buxoro viloyatidagi Abduxoliq G‘ijduvoniy ziyoratgohi

Maorif¸ ilm-fan va madaniyat bo‘yicha BMT boshqarmasi – YuNESKO vakillari 25 yanvar kuni Buxoroga borib qadimiy obidalarning saqlanishi borasida havotirga sabab bo‘lgan masalani mahalliy mulozimlar bilan muhokama qildi.

YuNESKO vakillari Buxoroga shahardagi tarixiy obidalarga shikast etgani uchun kelgan.

Bundan oldin O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev O‘zbekiston bo‘yicha 259 ta ob’ekt jiddiy tarzda shikastlangani haqida mahalliy matbuotga bildirgan edi. Shikastlangan binolar ichida Buxoro obidalari ham bor. Buxoroda xom g‘ishtdan bo‘lgan obidalar surunkali yomg‘ir oqibatida qisman buzilganini aytdi O‘zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot vakili Mavluda Asqarxo‘jaeva Ozodlik bilan 30 yanvar kungi suhbatda.

Маданият Вазирлиги матбуот котиби Мавлуда Асқарҳўжаева билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:31 0:00
Бевосита линк

Mulozim va’dasi

YuNESKO vakillariga hamroxlik qilgan Buxoro viloyat hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Shahriyorov Ozodlikka suhbat berdi. Suhbat davomida mulozim YuNESKO iznisiz obidaning "bitta g‘ishti ikkinchi joyga ko‘chmaydi", deb aytdi:

“Tarixiy obidani konservatsiya qilib saqlash masalasida YuNESKO vakillari tavsiya berdi. Biz ham shuni ma’qulladik. Chunki turistlar asl Buxoroni ko‘rish uchun keladi".

Бухоро вилояти ҳоким ўринбосари Ботир Шаҳриёров билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:15 0:00
Бевосита линк

Zax yemirgan obidalar

Ismi aytilishini istamagan buxorolik restavrator usta Ozodlik bilan suhbatda Buxorodagi obidalarga shikast yetgani uchun YuNESKOdan taftishchi kelganini aytarkan, bunday dedi:

“Me’moriy obidalar masalasida Buxoroda ahvol mushkul. Ko‘rgan bo‘lsangiz obidalar yomg‘ir tagida qolib ketgani yutublarga ham chiqib ketdi. Buni ta’mirlashga YuNESKO mablag‘ ajratgan edi. Restavratsiya uchun YuNESKOning jiddiy talablari bor. O‘zbekiston tarafi shuni bajara olmadi. Ko‘p ta’mir qilingan joylar to‘kilib tushdi. Labi xovuz atrofini yo‘l qilaman deb arxitektura ansambli uyg‘unligiga raxna soliishdi".

Botir Shahriyorov Ozodlik bilan 30 yanvar kungi suhbatda Labi xovuz bo‘yidagi yo‘l ta’mir qilinganini e’tirof qildi:

“Yo‘llar o‘ydim-chuqur. Tarixiy qiyofasini buzmagan tarzda yo‘lni remont qilib qo‘ydik. Ko‘p qadimiy binolar namdan zarar ko‘rgani ham to‘g‘ri. Oldin zahkash drenajlar bo‘lgan. Shularni tiklamoqchimiz. Albatta, bu ishlarning hammasi YuNESKO tavsiya qilgan shaklda bo‘ladi".

Tarixiy markaz YuNESKO himoyasida, ammo bufer zonada nega qurilish ketyapti?

1993 yili YuNESKO Buxoro shahrining tarixiy markazi va shahardagi qator tarixiy obidalarni Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritgan.

YuNESKO Buxoro tarixiy markazini “Ipak yo‘li bo‘yida joylashgan 2000 yildan qadimroq tarixga ega¸ o‘rta asrlarda shakllangan madaniy qiyofasini deyarli asl holida saqlab qolgan shahar", deb ta’riflagan.

Qadimiy obidalarini saqlab qolgan Buxoroning 216 gektarlik tarixiy qismi Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa¸ unga tutash 339 gektarlik hudud YuNESKO tomonidan bufer zona deb e’tirof etilgan.

Qadimiy Buxoro¸ YuNESKO himoyasidagi hudud xaritasi.
Qadimiy Buxoro¸ YuNESKO himoyasidagi hudud xaritasi.

Xaritada YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy hudud qizil doira ichiga¸ bufer zona esa¸ sariq doira ichiga olingan.

Ozodlik suhbatlashgan buxorolik restavratorning aytishicha¸ bufer zonada qurilayotgan sayyohlik markazi va ikki qavatli bozor YuNESKO tanqidiga uchragan.

- Bufer zona degani temir betondan bozor qur degani emasda. Buni YuNESKO bilan kelishish lozim edi¸ - dedi restavrator

Jahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilishga oid 1972 yilgi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qilgan davlat sifatida O‘zbekiston¸ YuNESKO tomonidan belgilangan tarixiy hudud va bufer zonada biror ta’mir yoki qurilish qilishdan oldin¸ YuNESKOning Parijda joylashgan Umumjahon merosi markazi bilan muvofiqlashtirishi lozim.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi mulozimi Mavluda Asqarxo‘jaeva Ozodlik bilan 30 yanvar kungi suhbatda “Bugunga kelib Buxoroning tarixiy qismi va bufer zonasidagi barcha qurilishlar to‘xtatilgani” bildirdi.

XS
SM
MD
LG