Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2019, Тошкент вақти: 03:41

Xomanaiy: "Amerikaga o‘lim" shiori Amerika xalqiga emas Trampga qarshi qaratilgan


Oyatulloh Ali Xomanaiy

Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy “Amerikaga o‘lim” shiori Amerika xalqiga emas, balki AQSh Prezidenti Donald Tramp va amerikalik boshqa rahbarlarga qaratilganini aytdi.

- "Amerikaga o‘lim” shiori Trampga o‘lim, [Milliy Xavfsizlik maslahatchisi] Jon Bolton, va [Davlat kotibi Mayk] Pompeoga qarshi qaratilgan. “Amerika o‘lim” degani uning qoidalariga o‘lim degani, dedi 8 fevralda Eron Armiyasi havo kuchlari yig‘inida chiqish qilgan Xomanaiy.

"Amerikaga o‘lim" shiori Eronda davlat uyushtiruvchi marshlar va tadbirlarda, jumladan juma namozlarida jo‘r ovozda davomli aytib kelinadi.

- Bu o‘sha mamlakatni idora qilayotgan oz sonli odamlarga o‘lim degandi. Biz Amerikaga qarshi hech qanday adovatimiz yo‘q, deya qo‘shimcha qildi Xomanaiy.

Xomanaiyning aytishicha, Vashington Tehronga nisbatan dushmanona siyosatini to‘xtatmagunicha, Eron "Amerikaga o‘lim" degan shiordan voz kechmaydi.

- Amerika o‘zining yomonligi, aralashuvchanligi va vahshiyligini to‘xtatmas ekan, Eron xalqi "Amerikaga o‘lim" degan shiorini tark etmaydi, - deya ilova qildi Xomanaiy.

Eron va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi ziddiyat Tramp Yadroviy bitimdan chiqib ketgani va Eronga jazo choralarini kuchaytirishga qaror qilganidan keyin yanada kuchaya boshladi.

2015 yilda imzolangan bitimga muvofiq, Eron yadroviy dasturdan voz kechgan va unga qo‘yilgan sanksiyalar olib tashlangan edi.

Bitimni imzolagan Evropa davlatlari uni saqlab qolishga urinmoqda, ammo Xomanaiy ularga ishonib bo‘lmasligini aytdi.

- Men amerikaliklar singari yevropaliklarga ham ishonmaslikni tavsiya qilaman, - dedi Xomanaiy. – Biz ular bilan aloqa qilmang deb aytmaymiz, ammo ularga ishonch masalasi bor.

Yaqinda Britaniya, Fransiya va Germaniya shirkatlarga, Qo‘shma Shtatlar sanksiyalariga duchor bo‘lmasdan, Eron bilan savdo qilishga izn beruvchi mexanizmni ishlab chiqdi.

Mazkur mexanizmni Evropa Ittifoqi ham olqishladi.

Oldinroq Yevropa Ittifoqi Eronning "beqarorlashtiruvchi" ballistik rekatalar dasturini tanqid qilib chiqqandi.

XS
SM
MD
LG