Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:27

Milliy gvardiya zobitining “pichoq tashlab” odamlarga “tuzoq” qo‘ygani aks etgan videoni prokuratura o‘rganmoqda


Videodan kadr
Videodan kadr

Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali 15 fevral kuni Ozodlikka kelib tushgan videoda Milliy gvardiya kiyimidagi zobit karaoke-bardagi divan yostig‘i tagiga pichoq deb ishonilayotgan bir narsani tashlab qo‘ygani ko‘riladi. Video davomida bu “predmet” Milliy Gvardiya zobitlari tomonidan “topilgani” aks etgan.

Ozodlik bu video lavhani O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga taqdim qilib izoh so‘radi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot vakili “Videoda aks etgan qonun buzilish holati sinchiklab o‘rganilayotganini” bildirdi.​

Videoni o‘z sahifasida e’lon qilgan Facebook yuzeri iddaosiga ko‘ra¸ voqea Farg‘ona viloyatidagi karaoke-barlardan birida bo‘lgan. Suhbatdosh bu voqea aynan qaysi kun bo‘lganini aniq aytib bera olmadi. Uning ishonishicha, videoda aks etgan voqea fevral oyi boshida sodir bo‘lgan.

“Farg‘ona karaoke klubining kabinalaridan biriga Milliy gvardiya zobitlari o‘zlari pichoq tashlab, keyin klub mijozlaridan birini podstava qilishgan. Sen sovuq qurol bilan tahdid qilding, deb naryad ham chaqirishgan”,- deydi suhbatdosh.

Uning yana aytishicha¸ karaoke-barga o‘rnatilgan video- nazorat tizimidagi “kameraga yozilib qolgan tasvir bois ko‘ngilochar maskan mijoziga tuzoq qo‘yilgani fosh bo‘ldi”.

Bu videoni ko‘zdan kechirgan Toshkentlik huquqshunos Salomat Rajabovaning Ozodlikka 15 fevral kuni aytishicha¸ “huquqiy jihatdan muammo yo‘q”:

- O‘zbekiston qonunchiligida sovuq qurol, ya’ni pichoq¸ chopqi¸ umuman tig‘ ko‘tarib yurish jinoyat emas. Mavjud qonunchilik bo‘yicha karaoke-bar kabinasiga pichoq bilan kirish huquqbuzarlik emas. Harbiy kiyimdagi zabitlarning ataylab birovning nomini qora qilish uchun ëstiq tagiga pichoq qo‘ygani sudda tasdig‘ini topsa, xizmat vazifasi doirasidan chiqdi deya Milliy gvardiya xodimlariga ayb qo‘yish teoretik jihatdan mumkin.

Uning yana aytishicha¸ karaoke-bar binosiga videokamera o‘rnatib, mijozlardan ruxsat olmay, ularni kuzatish ham mavjud qonunchilikka zid.

Huquqshunos Rajabovaga ko‘ra¸ bundan o‘n-o‘n besh yilcha oldin huquq-tartibot organlari tarafidan aybsiz odamning uyi¸ mashinasi ëki sumkasiga gilza yoki nasha tashlab qo‘yish hollari bo‘lgan:

- Bu narsa deyarli yo‘q bo‘lib ketgan edi. O‘z oramizda o‘q-nasha derdik buni.

Ozodlik Farg‘onadagi karaoke-barlardan biri bilan bog‘landi. Bar ma’muri o‘rganayotganimiz video atrofidagi gaplarni eshitganini aytarkan, gapni bu voqea aynan ularda yuz bermaganligini ta’kidlash bilan boshladi. Uning aytishicha¸ joriy yil 15 yanvardan boshlab Farg‘onadagi barcha barlar va umumuy ovqatlanish joylariga pichoq bilan borish taqiqlanganini aytdi. Bar egasiga ko‘ra¸ ularga taqiq haqida hujjat berishmagan.

- Uchastka noziri va yana ikki kishi kelib tayinlab ketishdi,- dedi Farg‘onadagi karaoke-bar ma’muri.

Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida 10 yanvar kungi selektor yig‘inida so‘zga chiqqan Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmanov “Jamoat joylarida sovuq qurol olib yurishni taqiqlash”ni taklif qilgan edi. Bu taklif “Zudlik bilan qonunlarda o‘z aksi topishi kerak”, deya Adliya vazirligiga topshiriq bergan mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoev pichoq ko‘targan o‘smir bolalar jinoyati haqida gapirgan edi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov joriy yilning fevralida O‘zA agentligiga bergan suhbatida o‘tgan yilda maktab o‘quvchilari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan 1,5 mingdan ziyod jinoyat sodir etilganini aytgan edi.

XS
SM
MD
LG