Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:34

Ren Jengfey: AQSh hech qachon bizni buka olmaydi


Huawei kompaniyasi so‘nggi oylarda ko‘pchilik e’tiboriga tushib qoldi.
Huawei kompaniyasi so‘nggi oylarda ko‘pchilik e’tiboriga tushib qoldi.

Xitoy telekommunikatsiya giganti – Huawei kompaniyasi asoschisi AQShning uni qora ro‘yxatga kiritish borasidagi urinishlariga javob qaytarib, dunyo Huawei kompaniyasisiz va uning “ilg‘or” texnologiyasisiz hech narsa qila olmaydi, deb aytdi.

− AQSh hech qachon bizni buka olmaydi, − dedi Ren Jengfey Bi-Bi-Siga bergan intervьyusida. – Jahon bizdan voz kecha olmaydi, chunki kompaniyamiz ilg‘or texnologiyaga ega.

74 yashar janob Ren Huawei kompaniyasining moliyaviy masalalar bo‘yicha direktori Meng Vanjouning hibsga olinishi ortida “siyosiy sabablar” turganini aytdi.

Meng xonim AQShning Eronga qarshi sanksiyalarini buzganlikda ayblanmoqda.

Kelasi oyda uni AQShga ekstraditsiya qilish ishi sudda ko‘riladi.

Biz bunga qarshimiz, − dedi u. – Lekin masalani hal etishni sudlarga qo‘yib beramiz.

Huawei kompaniyasining tortinchoq asoschisi so‘nggi oylarda hammaning e’tiboriga tushib qoldi, chunki AQSh kampaniya boshlab, boshqa mamlakatlarni Huawei texnologiyasidan foydalanishni taqiqlashga da’vat qilmoqda.

O‘tgan yili Avstraliya hukumati xavfsizlik xavotiridan kelib chiqib, Huawei kompaniyasining kelgusi 5G tarmog‘ini o‘rnatishga mo‘ljallangan uskunalaridan voz kechdi.

Ayni choqda xabar qilinishicha, Chexiya Respublikasi Huawei kompaniyasini soliq portali yaratish bo‘yicha 20 million yevrolik tenderdan chiqarib tashladi.

AQSh prokurorlari kompaniyani savdo sirlarini o‘g‘irlaganlikda ayblamoqda.

Ularga ko‘ra, Huawei raqiblarining texnologiyasini o‘g‘irlash uchun xodimlariga mukofot va’da qilgan emish.

Janob Ren bosim tobora o‘sib borayotganini rad etdi.

G‘arbda chiroq o‘chsa ham, Sharq porlab turaveradi, − dedi u. – Amerika butun dunyo degani emas. Ular ancha-muncha mamlakatlarni vaqtincha bizning texnologiyamizdan foydalanmaslikka qo‘ndirishi mumkin, biz xodimlari sonini qisqartarib, kompaniya hajmini kamaytirish bilan muammoni hal eta olamiz.

AQShning ittifoqchilarini Huawei texnologiyasidan foydalanmaslikka ko‘ndirishga urinish hollari ortib bormoqda. Lekin hamma ham undan voz kechayotgapni yo‘q.

Britaniya razvedkasi Huawei kompaniyasi 5G uskunalaridan foydalanish bilan bog‘liq xavfsizlik tahdidini bartaraf qilish mumkinligini aytmoqda.

Yangi Zelandiya hukumati esa 5G infratuzilmasida Xitoy kompaniyasi uskunalaridan foydalanish bilan bog‘liq xavfsizlik tahdidini kamaytirish yuzasidan muzokara o‘tkazmoqda.

XS
SM
MD
LG