Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:30

Xitoy kosmosda quyosh elektrostansiyasi qurmoqchi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Quyosh istalgancha foydalanishimiz mumkin bo‘lgan deyarli cheksiz energiya manbaidir. Ammo quyosh energiyasidan amalda samarali ravishda qo‘llanish insoniyat oldida turgan muhim masalalardan hisoblanadi. Yerning ko‘p quyosh tushadigan hududlariga o‘rnatilgan quyosh elektrostansiyalari yaxshigina ish bermoqda, ammo ular bilan bog‘liq yirik muammolar yechimi topilgani yo‘q.

Birinchidan, quyosh panellari muayyan soat davomida energiya to‘play oladi, xolos. Ob-havo esa ularning ishlashiga to‘sqinlik qilib turadi.

Endilikda Xitoy olimlari bu muammolarga yechim topganini aytishmoqda.

Xitoyning Science and Technology Daily gazetasida chop etilgan maqolada e’tirof etilishicha, Xitoy fazoda quyosh elektrostansiyasini qurmoqchi. Bunday stansiya Yer orbitasida aylanib, quyosh nurini tinimsiz to‘plab turadi. Mamlakat ushbu g‘oyani keyingi bir necha yil ichida sinab ko‘rmoqchi.

Fazoda elektrostansiya qurish nafaqat ob-havo muammolarini butunlay bartaraf qiladi, balki stansiya 24 soat ishlashini ta’minlaydi. Maqolada yozilishicha, Xitoy olimlari rejalashtirayotgan kosmik stantsiya quyosh energiyasini to‘plab, uni lazer yoki mikroto‘lqin shaklida Yerga yuboradi. Buning ortidan to‘plangan energiya elektr energiyasiga aylantiriladi.

Ushbu konsepsiya 2021-25 yillarda kichik orbital stansiya shaklida sinab ko‘riladi. Keyinchalik esa yirik stansiyalar qurilishi mumkin.

XS
SM
MD
LG