Линклар

Шошилинч хабар
21 ноябр 2019, Тошкент вақти: 02:52

Isroilning ilk Oy missiyasi Floridadan uchirildi


Payshanba kuni Isroilning Beresheet fazo kemasi ortilgan avtonom raketa Floridaning Kanaveral burnidan uchirildi. Ushbu raketa o‘z manziliga yetib borsa, xususiy shirkat Oyga yuborgan ilk kema bo‘ladi. Qolaversa, bu Isroilning Oyga yuborgan ilk missiyasidir.

585 kg vaznga ega kema tadbirkor Ilon Maskka tegishli SpaceX shirkatining Falcon 7 raketasi bortida uchirildi.

Isroil missiyasi ilk qadam o‘laroq Yer orbitasiga chiqarildi. Buning ortidan kema o‘z dvigateli yordamida 11 aprel kuni Oydagi keng tekislikka qo‘nadi.

Raketa bortiga Indoneziya sun’iy yo‘ldoshi hamda AQSh Havo kuchlari tadqiqotlar laboratoriyasi yo‘ldoshi ham yuklangan.

Loyihani tadbirkor Morris Xan moliyalashtirdi. Bu esa hukumat moliyalashtirmagan ilk Oy missiyasidir.

Boshida 10 million dollar bo‘lishi aytilgan loyihaga 100 million dollar sarflandi.

Missiya hamkorlari orasida Israel Aerospace Industries hamda Isroil Ilm-fan va texnologiya vazirligi ham bor.

Bugunga qadar faqat Rossiya, AQSh hamda Xitoy Yerdan 384 ming masofada joylashgan Oyga kosmik kema qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan.

Yil boshida tarixda birinchi marta Xitoyning “Chan’e-4” stansiyasi oyning orqa tomoniga qo‘ndirilgan edi.

Amerikaliklar Oyga qadam qo‘ygan yagona xalqdir. Ammo 1972 yildan beri Yer yo‘ldoshiga AQSh missiya yuborgani yo‘q.

Isroilning asosoiy maqsadi Oyga kemani qo‘ndirishdir. Shunday bo‘lsa-da, kemaga ilmiy asbob-uskunalar o‘rnatilgan. Ular yordamida Oyning magnit maydoni o‘rganiladi.

Beresheet bortiga Bibliya nusxasi, yosh bolalar chizgan rasmlar, Isroil qo‘shiqlari, Xolokostda tirik qolgan shaxs xotiralari va mamlakat bayrog‘i saqlangan raqamli kapsula ortilgan.

Bu orada Hindiston ham Oyga kema yuborish ustida ishlamoqda. Mamlakat bahorda bortiga oyyurar o‘rnatilgan Chandrayaan-2 missiyasini uchirishni rejalashtirmoqda.

Yaponiya esa 2020-21 yillarda Oyning vulqonli hududini o‘rganish uchun SLIM kemasini yuborishni rejalashtirmoqda.

XS
SM
MD
LG