Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:20

Jizzaxda 6-sinf o‘quvchisi yuqori sinf o‘quvchisi zarbasidan halok bo‘ldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Jizzax viloyat, Zafarobod tumanidagi 10- umumta’lim maktabning 6- sinf o‘quvchisi, 13 yashar B. B. 23 fevral kuni o‘quvchilar orasida chiqqan mushtlashuv paytida jarohat olgani ortidan kasalxonada halok bo‘ldi.

Maktab direktori va tuman IIB vakilining Ozodlikka aytishicha¸ holat yuzasidan Zafarobod tuman prokuraturasi jinoyat ishi ochgan.

Zafarobodda o‘quvchi bolaning urib o‘ldirilishi Xalq ta’limi vazirligi maktablarda zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishni boshlagan bir paytga to‘g‘ri keldi.​

Zafarobod tuman IIB vakilining 25 fevral kuni Ozodlikka bildirishicha, mushtlashuv ishtirokchilari bo‘lgan maktab o‘quvchilari bilan IIBning voyaga yetmaganlar bilan ishlash inspeksiyasi alohida shug‘ullanmoqda.

Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasining umumta’lim maktablari bilan ishlovchi xodimi Ozodlik bilan suhbatda¸ voqeaning ba’zi tafsilotlarni aytib berdi:

- Shanba kuni soat 12 lardan o‘tib, tanaffus paytida maktab hovlisida o‘quvchilar tortishib qolgan. Shu tortishuv chog‘ida katta sinf o‘quvchisining qo‘li bexosdan 6- sinf o‘quvchisi B. B.ga tegib ketgan va natijada B. tan jarohati olgan. Zudlik bilan u tuman kasalxonasi jonlantirish bo‘limiga olib borilgan. O‘sha kuni (23 fevral - tahr.) olamdan o‘tdi. O‘quvchi maktabda o‘ldi deya olmaymiz¸ - dedi mulozim.

Maktab ma’muriyati mushtlashuv to‘g‘risida IIBga xabar bermagan

Zafarobod tuman IIB vakilining 25 fevral kuni Ozodlikka bildirishicha¸ 10- maktab ma’muriyati 23 fevral kungi mushtlashuv haqida IIBga xabar bermagan:

- Bizga doktorlar xabar berdi. Qoidaga ko‘ra, mushtlashuvda o‘lgan va yaralanganlar, kasalxonaga tushganlar haqida vrachlar IIBga ma’lumot berishi shart. Vrachdan olingan ma’lumot asosida IIB vakillari bu voqeani qaydga oldi. Maktab ma’muriyati javobgarlikdan qo‘rqib mushtlashuv haqida bizga xabar yetkazmadi. Bu ular uchun minus¸ - dedi Zafarobod tuman IIB vakili.

Zafarobod tuman xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 10- maktabning ismini aytmagan direktori mushtlashuv haqida IIBga nega xabar berilmaganini Ozodlik muxbiriga izohlab bera olmadi.

Zafarobodda o‘quvchi bolaning urib o‘ldirilishi Xalq ta’limi vazirligi maktablarda zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishni boshlagan bir paytga to‘g‘ri keldi.

Bu borada vazirlik rasmiy saytida 24 fevral kuni ma’lum qilindi.

Vazirlikka ko‘ra¸ “Maktablarda zo‘ravonlikni oldini olish va ijobiy psixologiyani o‘qitish metodikasi”, deb nomlangan loyiha besh oy davom etadi

Loyiha maktablarda o‘quvchilarning emotsional holatini aniqlash va ijobiy psixologiya metodini o‘qitish orqali bullingning (inglizcha bullying - jamoaning, maktab sharoitida o‘quvchining sinfdoshi yoki maktabdoshi tomonidan surunkali agressiv ta’qib qilinishi) oldini olish va unga qarshilikni oshirishga qaratilgan.

Ozodlik radiosi bunga qadar mamlakatdagi maktablarda yuz berayotgan zo‘ravonliklar haqida qator maqolalarni e’lon qilgan edi.

XS
SM
MD
LG