Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:42

Toshkentdagi Crafers fabrikasi mahsuloti omborga qaytarildi


Ishlab chiqarilgan chips va kazinakilar ustida, maxsus tekshiruvdan o‘tdi¸ degan muhr yo‘qligi uchun do‘konlardan qaytarilgan
Ishlab chiqarilgan chips va kazinakilar ustida, maxsus tekshiruvdan o‘tdi¸ degan muhr yo‘qligi uchun do‘konlardan qaytarilgan

Toshkentdagi Crafers shokolad fabrikasi ishlab chiqargan ayrim mahsulotlar "maxsus tekshiruv muhri bo‘lmagani" sababli omborga qaytarildi.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasining Ozodlik suhbatlashgan hududiy bo‘limi vakiliga ko‘ra¸ qaytarilgan mahsulotlar fabrikadagi maxsus nazoratdan o‘tkazilmay¸ sotuvga chiqarilgan. Ozodlik tasarrufida Crafers shokolad fabrikasi omboriga qaytarilgan 20ta poddon (yuk supasi) ustida turgan yuzlab qop chips (kartoshkadan bo‘lgan shirin yoki nordon qalamchalar) surati bor.

Ozodlik mobil muxbiri 100dan ziyod qopda qaytgan shirinlik suratini oldi
Ozodlik mobil muxbiri 100dan ziyod qopda qaytgan shirinlik suratini oldi

​Crafers shokolad fabrikasi realizatsiya bo‘limida ishlaydigan xodimning¸ 26 fevral kuni shaxsi ochiqlanmasligi sharti bilan Ozodlikka bildirishicha¸ rasmdagi qoplar “qaytarilgan mahsulotning o‘ndan biri ham emas”.

"Shu haftada viloyatlardan juda ko‘p chips (cracker chips) mahsulotlari qaytib keldi. Kazinaki (shirin qiyom ichiga presslangan yong‘oq ) ham qaytib keldi"¸ degan suhbatdosh o‘z gapi isboti sifatida yana rasmlar jo‘natdi.

Surat¸ uni yuborgan manbaning iddaosicha¸ aynan shokolad fabrikasi omborida olingan.
Surat¸ uni yuborgan manbaning iddaosicha¸ aynan shokolad fabrikasi omborida olingan.

O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasining Ozodlik suhbatlashgan hududiy bo‘limi vakiliga ko‘ra¸ mahsulotlar "sifatsiz va salomatlikka zararli" deya topilib¸ fabrikaga qaytarilgan.

"Mavjud qoidaga ko‘ra¸ fabrikadan realizatsiya qilinadigan oziq-ovqat mahsuloti korxonaning o‘zida OTK (Texnik nazorat bo‘limi) dan o‘tib muhr bosilishi yoki yorliq yopishtirilishi kerak. Bu mahsulotlar "OTK" bo‘limini aylanib o‘tib realizatsiyaga chiqarilgan"¸ dedi Sanitariya-epidemiologiya nazoratining ismi ochiqlanmasligini istagan vrachi.

Bu suhbatdosh¸ suratdagi qoplarga solingan mahsulotlarning Qoraqalpog‘iston¸ Xorazm¸ Buxoro¸ Qashqadarë va Namangan viloyatidan qaytarilganini ochiqladi.

"Toshkentdagi "Korzinka" savdo markazidagi mahsulotni olib tekshirsak¸ OTK dan o‘tmagan bo‘lib chiqdi. Bizning xulosamizdan keyin "Korzinka" savdo markazi ham mahsulotlarni fabrika omboriga qaytardi"¸ deydi suhbatdosh.

Mutasaddi xodimga ko‘ra¸ "OTK muhri bo‘lmagani oziq-ovqat mahsulotini omborga qaytarish uchun asos bo‘la oladi".

Fabrika rasman izoh bermadi

Nazoratdan o‘tmagan mahsulotlarning nega va qanday sotuvga yuborilganiga izoh so‘rab¸ Ozodlik Crafers shokolad fabrikasining jamoatchilikka taqdim etilgan telefon raqamlariga murojaat qildi.

Ozodlik bilan gaplashgan fabrika xizmatchisi¸ "shikoyatni umumiy tartibda jo‘natish lozim"ligini qayta-qayta takrorlash bilan kifoyalandi.

Crafers shokolad fabrikasi realizatsiya bo‘limida ishlaydigan xodimning Ozodlikka aytishicha¸fabrika omboriga qaytarilgan shirinliklar fabrika rahbarlaridan birining buyrug‘iga ko‘ra OTKda rasmiylashtirilmasdan mashinalarga yuklangan”. Ayni paytda¸ ishsiz qolishidan cho‘chigan suhbatdosh¸ bu amaldorning ismi-sharifini ochiqlamadi.

Prezident nazariga tushgan fabrika

Toshkent shahridagi sobiq “Lak-bo‘yoq” zavodi o‘rnida tashkil etilgan “Amilov” fabrikasi (keyinchalik fabrika nomi Crafers deya o‘zgartirildi) 2018 yilning 5 oktabrda ishga tushirilgan edi. 2018 yilning 26 oktabrida ayni fabrikani borib ko‘rgan prezident Shavkat Mirziyoev 850 kishi uchun ish o‘rni yaratilganini olqishlagan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoev 850 kishi uchun ish o‘rni yaratilganini olqishlagan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoev 850 kishi uchun ish o‘rni yaratilganini olqishlagan edi.

Rasmiy matbuotda yozilishicha¸ 32 gektarlik hududda joylashgan korxona yiliga 50 ming tonnaga yaqin qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Bundan oldin Toshkentdagi Crafers qandolat fabrikasi ishchisi bir guruh ishchilar nomidan O‘zbekiston Mehnat kodeksida belgilangan 8 soat o‘rniga 12 soatlab ishlatilayotganidan Ozodlikka shikoyat qilgan edi.

XS
SM
MD
LG