Линклар

Шошилинч хабар
07 декабр 2019, Тошкент вақти: 01:40

Manbalar O‘zbekiston Adliya vazirligining yuqori martabali mulozimi ushlanganini iddao qilmoqda


Adliya vazirligi

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralaridagi bir-biridan mustaqil bir nechta manbaning Ozodlikka ma’lum qilishicha, 23 fevralda O‘zbekiston Adliya vazirligi kadrlar boshqarmasi boshlig‘ining muovini Yusuf Xodjaev Prezident xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.

58 yashar Yusuf Xodjaevning ushlanishi O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari, jumladan Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va prokuratura o‘nlab rahbar xodimlarining hibsga olingani manzarasida yuz bermoqda.

Matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi bois shaxsi sir qolishini so‘ragan O‘zbekiston huquq tizimi mulozimlaridan biriga ko‘ra, Yusuf Xodjaev DXX rahbarlari ustidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi figuranti sifatida so‘roq qilinmoqda.

DXX sobiq rahbari 53 yashar Ixtiër Abdullaevga nisbatan 11 fevralda "qamoq" vaqtincha ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilingani to‘g‘risida Ozodlik 13 fevralda DXX sobiq rahbari qo‘l ostida ishlagan mulozimga tayanib xabar qilgan edi.

Hamkasblari orasida "Yusuf reshala" nomi bilan tanilgan Yusuf Xodjaev, hukumatga yaqin Ozodlik manbasining iddao qilishicha, DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullaev va huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘rtasidagi "pora olish va berish" jarayoniga aloqadorlikda gumonlanmoqda.

Toshkentlik advokatlardan biriga ko‘ra, Yusuf Xodjaevning yaqinlari unga advokat izlashayotganlarini aytganlar.

Yusuf Xodjaev ishi haqida rasmiy idoralardan munosabat olishning hozircha imkoni bo‘lmadi.

XS
SM
MD
LG